IQTISODIYOT

21 yanvar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Rossiyaning “Lukoyl” ochiq aksionerlik jamiyati prezidenti Vagit Alekperovni qabul qildi.

27 fevral. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti Shigeo Katsuni qabul qildi.

31 mart. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Ummon Sultonligi milliy iqtisodiyot vaziri, Moliyaviy ishlar va energetik resurslar bo‘yicha kengash raisining o‘rinbosari Ahmad bin Abdunabi Makkiyni qabul qildi.

7 aprel. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Malayziyaning “Petronas” korporatsiyasi prezidenti Muhammad Hasan Marikan va Janubiy Afrika Respublikasining “Sasol” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Pet Devisni qabul qildi. Suhbat chog‘ida birgalikda amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalarga, yangilarini ishlab chiqishga oid masalalar bo‘yicha fikr almashildi.

23 aprel. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda “Korean Air” aviakompaniyasi raisi Cho Yang Xoni qabul qildi. Suhbat chog‘ida qo‘shma loyihalar ijrosining borishi, yangilarini ishlab chiqish va amalga oshirish imkoniyatlari bo‘yicha fikr almashildi.

4 iyun. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Saudiya Arabistoni Podshohligi moliya vaziri Ibrohim Abdulaziz Al-Assafni qabul qildi. Uchrashuvda O’zbekiston Respublikasi bilan Saudiya Arabistoni Podshohligi o’rtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari bo‘yicha fikr almashildi.

5 iyun. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Bahrayn Podshohligi moliya vaziri shayx Ahmad bin Muhammad Ol Xalifani qabul qildi. Suhbat chog’ida O’zbekiston Respublikasi bilan Bahrayn Podshohligi o’rtasidagi iqtisodiy hamkorlik istiqbollariga doir masalalar muhokama qilindi.

18 iyun. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Xalqaro valuta jamg‘armasining (XVJ) farmoyish beruvchi direktori Dominik Stross-Kanni qabul qildi. Muloqot chog‘ida O‘zbekiston bilan XVJ o‘rtasidagi munosabatlarga doir masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

4 sentabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda “MAN” kompaniyalar guruhi Direktorlar kengashi raisi Xokan Samuelssonni qabul qildi. Muloqot chog‘ida O‘zbekiston avtomobilsozlik sanoati korxonalari bilan “MAN” kompaniyalar guruhi o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari, birgalikda yangi loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirish imkoniyatlari bo‘yicha fikr almashildi.

9 oktabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda “General Motors International Operations” prezidenti, “General Motors” korporatsiyasi ijrochi vitse-prezidenti Nik Raylini qabul qildi. Muzokara chog‘ida yangi model liniyasini tashkil qilish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni kengaytirish, mahsulot eksporti hajmini oshirish, eksport bozorlaridagi savdo strategiyasini takomillashtirish, avtomobilsozlik sanoatida hamkorlikni rivojlantirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

27 oktabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda MDHning Temir yo‘l transporti bo‘yicha Kengashi raisi, “Rossiya temir yo‘llari” OAJ prezidenti Vladimir Yakuninni qabul qildi. Muloqot chog’ida O’zbekiston va MDH hamda Boltiqbo’yi davlatlari temir yo’l kompaniyalari o’rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga doir masalalar bo‘yicha fikr almashildi.


                o`zb   рус   eng
Bugun: 15.10.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati