IQTISODIYOT
ЭКОНОМИКА

14-16 yanvar. Parij shahrida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo’yicha O’zbekiston-Fransiya davlarlar aro qo’shma komissiyasinig majlisi bo’lib o’tdi. 

4-5 fevral. London shahrida savdo va sanoat hamkorligi bo’yicha O’zbekiston-Britaniya davlarlar aro qo’shma komissiyasinig majlisi bo’lib o’tdi.


7 fevral. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining respublika ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanish, 2003 yildagi islohatlarni baholash haqida 2004 yilda iqtisodning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha keyingi liberalizatsiya natijalariga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi. 

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ma’ruza qildi. 

14 mart. O’zbekiston Respublikasi va Azerbayjon Respublikalarining o’zaro manfaatli hamkorlik bo’yicha kengaytirilgan yettinchi majlisi bo’lib o’tdi. 

29 mart-2 aprel. Toshkent shahrida moliya va texnikaviy hamkorlik bo’yicha O’zbekiston va Germaniya davlatlar o’rtasida muzokaralar bo’lib o’tdi. 

2-6 may. O’zbekiston hamda Saudiya Arabistoni davlatlari o’rtasida iqtisodiy hamkorlik bo’yacha ikkinchi majlisi bo’lib o’tdi. 

23-28 may. O’zbekiston –Amerika savdo palatalarining sakkizinchi konferensiyasi bo’lib o’tdi. 

24-26 iyun. O’zbekiston-Ukraina o’rtasida ko’p qirrali hamkorlik masalalariga bag’ishlangan oltinchi majlisi bo’lib o’tdi. 

29-30 iyun. O’zbekiston Respublikasining Butunjahon Savdo Tashkilotiga kirish masalalari hamda qishloq ho’jalligi bo’yicha Ishchi guruhuning ikkinchi majlisi bo’lib o’tdi. 

4 avgust. Oqsaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov huzurida mamlakatning tegishli vazirlik va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida majlis bo‘lib o‘tdi. 

Majlisda kelasi yilning iqtisodiy strategiya, soliq va byudjet konsepsiyalari siyosati hamda asosiy makro ekonomik va davlatning 2005 yilgi byudjeti ko‘rsatkichlari muhokama etildi. 

19 avgust. O’zbekiston va Eron davlatlari o’rtasida savdo iqtisodiy hamda ilmiy texnik masalalarga bag’ishlangan kengaytirilgan oltinchi majlisi bo’lib o’tdi. 

7-9 sentyabr. Riga shahrida O’zbekiston Respublikasining eksport-import salohiyatiga bag’ishlangan biznes ko’rgazmasi bo’lib o’tdi. 

29 sentyabar. Iqtisodiy hamkorlik masalalari bo’yicha O’zbekiston Rossiya o’rtasida davlatlar aro yettinchi majlisi bo’lib o’tdi. 

27 oktyabr. 26 oktyabr kuni Andijon va Samarqand viloyati mehnatkashlari paxta yetkazish shartnoma majburiyatlarini bajardi. 

2 noyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroy qarorgohida Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Tadao Chinonini qabul qildi. 

Oqsaroy qarorgohidagi suhbat chog‘ida O‘zbekiston bilan Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasidagi aloqalarni bundan buyon ham kengaytirish masalalari muhokama etildi. 

10 noyabr. O‘zbekistonning boshqa viloyatlari qatori Surxandaryo vohasining paxtakorlari davlatga sotish shartnoma majburiyatlarini bajarib, 345 ming tonna paxta xomashyosini topshirdi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti viloyat paxtakorlari va mehnatkashlarini katta mehnat g‘alabasi bilan chin yurakdan tabrikladi. 

24 noyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Rossiya ochiq aksionerlik jamiyati "Lukoyl" "Neft kompaniyasi" prezidenti Vagit Alekperovni qabul qildi. 

Suhbat chog‘ida yangi qo‘shma loyihalar haqida fikr almashildi.

                o`zb   рус   eng
Bugun: 16.10.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati