IJTIMOIY HAYOT
СОЦИАЛЬНАЯ ЖИЗНЬ

8 yanvar. Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasining G‘XQXQG‘ insonparvarlik yuklari ortilgan ikkinchi karvoni o‘zbek-afg‘on chegarasining Termizdagi Do‘stlik ko‘prigidan kesib o‘tdi. O‘zbekiston Qizil Yarim Oy Jamiyati G‘QYAOJG‘ matbuot markazida xabar berishicha, beshta yuk mashinasida 130 tonna oziq-ovqat olib o‘tilgan bo‘lib, ko‘chirilgan shaxslar va uysiz oilalarga tarqatildi.

 
12 yanvar - Respublika baynalmilal madaniyat markazi tashkil etilganining 10 yilligi nishonlandi. Yubiley tantanasi ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tabrigi e’lon qilindi. 

16 yanvar. Respublikada oliy ma’lumotli yuqori malakali kadrlarni jahon ta’lim mezonlari talablariga muvofiq ravishda tayyorlash, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida iste’dodli yoshlarning imkoniyatlarini yuzaga chiqarish va ulardan samarali foydalanish, rivojlangan mamlakatlar yetakchi oliy ta’lim dargohlari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadlarida Vazirlar Mahkamasi "Toshkent shahrida Xalqaro Vesminster universitetini tashkil etish to‘g‘risida" Qaror qabul qildi. 

23 yanvar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroy qarorgohida Toshkent va O‘rta Osiyo yeparxiyasi boshqarmasi boshlig‘i arxiyepiskop Vladimirni qabul qildi. 

7 fevral. Toshkent davlat yuridik institutida giyohvandlikka qarshi kurash nazariyasi va amaliyotiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. 

14 fevral. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yilda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va respublikada iqtisodiy islohotlarning borishini baholash natijalari hamda 2002 yilda islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq so‘zladi. 

22 mart. Toshkentda konservatoriya yangi binosining ochiilishi bo‘lib o‘tdi. Tantanada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq so‘zladi.

2 aprel. Termizda ushbu shaharning 2500 yilligiga bag‘ishlangan yubiley tantanalari bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Termizdagi tantanalarda ishtirok etdi. Davlat rahbari shaharda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan yaratuvchanlik ishlari bilan tanishdi. Tantanada Prezident Islom Karimov nutq so‘zladi. 

10-19 may. O‘zbekistonda Yevropa kinosi kunlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir doirasida Fransiya, Germaniya, Belgiya, Italiya, Chexiya, Shveytsariya, Turkiya va Buyuk Britaniya kino san’atining eng yaxshi asarlari namoyish etildi. Festival filmlari asosan poytaxtdagi Alisher Navoiy nomidagi san’at saroyida namoyish etildi. 

5-6 iyun - Samarqandda "Imom al-Buxoriy" va Germaniyaning Fridrix Ebert xalqaro jamg‘armalari hamda Toshkent islom universiteti tomonidan tashkil etilgan "Islom va dunyoviy-ma’rifiy davlat" mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-nazariy anjuman o‘tkazildi. 

12 iyun - Toshkent shahridagi Rim-katolik cherkovida "Katolicheskaya ensiklopediya" kitobining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. 

6 avgust. Toshkenda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq tashkil etilgan 2002-2003 o‘quv yillarida iqtidorli yoshlarni xorijda o‘qitishni rag‘batlantirish bo‘yicha "Umid" jamg‘armasi sovrindorlarini qutlashga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda grant sovrindorlari, ularning ota-onalari, mamlakatmizdagi xorijiy davlat elchilari, respublika oliy o‘quv yurtlari rahbarlari va talaba yoshlar ishtirok etdilar. 

27 avgust. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov mustaqillik bayrami arafasida poytaxtda foydalanishga topshirilgan inshootlar bilan tanishdi. 

Dastlab davlat rahbari Farhod, Usmon Nosir, Gavhar, Hamza Umarov - janubiy vokzal qarshisida barpo etilgan ulkan ko‘prikni ko‘zdan kechirdi. Islom Karimov, shuningdek "Shahidlar xotirasi" yodgorlik majmuasi hududida barpo etilgan "Qatag‘on qurbonlari xotirasi" muzeyida bo‘ldi. 

28 avgust. Oqsaroy qarorgohida davlat rahbari Islom Karimovga Ispaniya universiteti rektori Manuel Gala Munos mukofot - "Sisneros" medali, Fahriy diplom va Kumush plastinani topshirdi. 

Bu mukofot ta’lim taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan davlat arboblariga beriladi. Xususan, Ispaniya qiroli Xuan Karlos I, BMT Bosh kotibi Kofi Annan, Isroilning mashhur siyosiy va jamoat arbobi Shimon Peres bu sharafga musharraf bo‘lishgan. 

29 avgust. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati, tashqi iqtisodiy aloqalar Vazirligi vakillari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya Universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot Universiteti talabalari va aspirantlari ishtirokida "O‘zbekiston-Yaponiya: yangi axborot texnologiyalari sohasida hamkorlik" masofaviy video anjumani bo‘lib o‘tdi. 

10 sentyabr. Toshkentda "O‘zbekiston" sport majmuasida Prezident Kubogi xalqaro turnirining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ishtirok etdi. 

14 oktyabr. Prezident Islom Karimov joylarda islohotlarning borishi bilan tanishish maqsadida Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida bo‘ldi. 

30 oktyabr. Qadimiy Buxoroda Buyuk Ipak yo‘li bo‘yicha to‘rtinchi Xalqaro majlis o‘z ishini yakunlandi. Forumning xorijiy mehmon-qatnashchilari orasida Xalqaro sayyohlik tashkiloti G‘XSTG‘ kotibiyati a’zolari, O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy diplomatik missiyalar rahbarlari, sayyohlik tashkilotlari vakillari mavjud. 

Oktyabr. O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tuzildi. 

1 noyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Shahrisabz shahriga shaharning 2700 yilligi munosabati bilan tashrif buyurdi. 

28 noyabr. Guliston shahrida Sirdaryo viloyati xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq so‘zladi. 

10 dekabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Yaponiyaning Soka Universiteti rektori Masami Vakaeni qabul qildi. 

Uchrashuv chog‘ida jahonning barcha mamlakatlari orasida do‘stona munosabatlarni mustahkamlashdagi hamda madaniyat va ta’limni rivojlantirishdagi katta xizmatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga Soka Universiteti fahriy doktori unvonini berish to‘g‘risidagi diplom topshirildi. 

12 dekabr. Shu kunlarda jahonda o‘zining ijtimoiy tadqiqotlari bilan keng dong taratgan nufuzli mustaqil amerika tadqiqot markazi Pyu Riserch Senter jahonning yetakchi 44 mamlakat fuqarolari o‘rtasida 2002 yilda o‘tkazgan "Global ijtimoiy munosabatlar" jamoatchilik fikri so‘rovi natijalarini e’lon qildi. MDH davlatlaridan so‘rov O‘zbekiston, Rossiya va Ukrainada o‘tkazildi. 

24 oktyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekistonda bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish to‘g‘riida"gi Farmoni e’lon qilindi. 

Dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Abduxoliq G‘ijduvoniy tavalludining 900 yilligini nishonlash to‘g‘risida"gi 423- sonli qaror qabul qilindi. 

29 dekabr. Poytaxtdagi O‘zbek Milliy akademik teatri binosida O‘zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining ta’sis anjumani bo‘lib o‘tdi.

                o`zb   рус   eng
Bugun: 23.08.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati