Qarorlar
16.08.2012

Muborak Ramazon hayitining xalqimiz ma’naviy hayotidagi o‘rni va ahamiyatini e’tiborga olib, milliy-diniy qadriyatlarimizni saqlash va ulug‘lash hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ro‘za hayitini dam olish kuni deb e’lon qilish to‘g‘risida” 1992-yil 27 martdagi PF-368-son Farmoniga muvofiq:

1. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashining hay’ati 2012-yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 19 avgust yakshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qaror qabul qilganini inobatga olib, Hayit ayyomini keng nishonlash maqsadida 2012-yil 20 avgust kuni dam olish kuni sifatida belgilansin va 19 avgust bayram kuniga qo‘shilsin.
17.07.2012

El-yurtimiz uchun asrlar davomida ezgulik, saxovat, mehr-shafqat, qanoat va shukronalik ramzi bo‘lib kelayotgan muborak Ramazon oyining ma’naviy-ruhiy hayotimizdagi alohida o‘rni va ahamiyatini inobatga olgan holda, jamiyatimizda mehr-oqibat, o‘zaro ahillik va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlash, xalqimizga xos olijanob fazilatlarni, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ulug‘lash maqsadida...
04.06.2012

Madaniyat va san’at sohasida teatr, kino, televideniye, xalq ijodiyotini rivojlantirish borasidagi zamonaviy talablarga, xalqimizning tobora ortib borayotgan intellektual, estetik va madaniy ehtiyojlariga javob beradigan yuksak malakali mutaxassislarni tayyorlash darajasi hamda sifatini takomillashtirish va tubdan oshirish, shuningdek, mazkur yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalarida yaratilgan mavjud moddiy-texnik bazadan yanada samarali foydalanish maqsadida:
01.06.2012

Qurolli Kuchlar qismlari va bo‘linmalarida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarga respublika oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun tavsiyanomalar berishda tegishli tartib o‘rnatish, shuningdek, ularga berilayotgan imtiyozlarning rag‘batlantiruvchi omillarini kuchaytirish maqsadida:
28.05.2012

Qayd etib o‘tilsinki, respublikamizda Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar uchun oliy ma’lumotli o‘qituvchi kadrlar tayyorlashning yaxlit tizimi vujudga keltirilgan.
19.03.2012

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

Aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va ish vaqtidan oqilona foydalanish maqsadida:

2012 yil 21 mart chorshanba dam olish kuni 22 mart payshanba kuniga, 25 mart yakshanba dam olish kuni 23 mart juma kuniga ko‘chirilsin;
12.01.2012

“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq:

1. Chaqirilish muddatini kechiktirish huquqiga ega bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasining chaqiruv yoshidagi fuqarolari 2012 yilning fevral-mart oylarida muddatli harbiy xizmatga chaqirilsin.
30.12.2011


Ommaviy axborot vositalari, nashriyot, poligrafiya korxonalari va matbuot tarqatuvchi tashkilotlarni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar va omillarni yaratish, buning asnosida ommaviy axborot vositalarining mustaqilligini ta’minlash, axborot sohasini rivojlantirishda, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamiyat nazoratini o‘rnatishda ularning rolini oshirish maqsadida...
26.12.2011

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori.

Yangi yil bayrami munosabati bilan aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:

2011 yil 31 dekabr shanba dam olish kuni 2012 yil 2 yanvar dushanba kuniga ko‘chirilsin;

2011 yil 31 dekabr shanba kuni ish kuni deb e’lon qilinsin.
29.11.2011

Qayd etib o‘tilsinki, sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish chora-tadbirlarini izchil amalga oshirish natijasida respublikada – birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatuvchi qishloq vrachlik punktlari, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlaridan boshlab, murakkab yuqori texnologiyali tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarigacha barcha darajalarni qamrab olgan aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishning yaxlit tashkiliy tuzilmasi yaratildi...

                o`zb   рус   eng
Bugun: 16.10.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati