Qarorlar
23.09.2013

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori 
  
O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari uchun xalqaro standartlarga mos dasturiy ta’minot vositalarini respublikada ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish, sifatli, raqobatbardoshli dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish yuzasidan mamlakatimiz ishlab chiquvchilarini rag‘batlantirishni kuchaytirish, shuningdek, ularning mahsulotlarini ichki va tashqi bozorlarda ildam siljitishga ko‘maklashish maqsadida:
09.08.2013

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining eksport salohiyatini yanada kengaytirish, ularga zamonaviy, chet el bozorlarida raqobatdosh mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirishda va uni eksportga chiqarishda zarur huquqiy, moliyaviy va tashkiliy yordam ko‘rsatish, mamlakatimizning eksport qiluvchi tadbirkorlarini tashqi bozor kon’yunkturasi o‘zgarishlari xavf-xatarlaridan ishonchli himoya qilishni ta’minlash maqsadida:

1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Fermerlar kengashining Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzurida respublika mintaqalarida hududiy filiallari bo‘lgan Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
07.08.2013

Muborak Ramazon hayitining xalqimiz ma’naviy hayotidagi o‘rni va ahamiyatini e’tiborga olib, milliy-diniy qadriyatlarimizni saqlash va ulug‘lash hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ro‘za hayitini dam olish kuni deb e’lon qilish to‘g‘risida”gi 1992-yil 27-martdagi PF-368-son farmoniga muvofiq:

1. O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2013-yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 9-avgust juma kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarorini inobatga olib, 2013-yil 9-avgust dam olish kuni deb belgilansin va mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlansin.
13.06.2013

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

Xalqimiz shu yil 1-sentabr kuni O‘zbekiston davlat mustaqilligining yigirma ikki yillik to‘yini katta tantana, shodu xurramlik bilan keng nishonlaydi.

Biz uchun eng ulug‘, eng aziz ayyom bo‘lmish Mustaqillik bayramini markazda va joylarda har tomonlama chuqur tayyorgarlik bilan kutib olish mamlakatimizda ezgu an’anaga aylanib qolgan.
28.12.2012

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq:

1. Chaqirilish muddatini kechiktirish huquqiga ega bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasining chaqiruv yoshidagi fuqarolari 2013-yilning fevral-mart oylarida muddatli harbiy xizmatga chaqirilsin.

Muddatli harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etish huquqiga ega bo‘lmagan, biroq ushbu chaqiruv mobaynida Qurolli Kuchlar safiga chaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezerviga olinsin.
24.12.2012

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

Yangi yil bayrami munosabati bilan aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:

2012-yil 29 dekabr shanba va 30 dekabr yakshanba dam olish kunlari mos ravishda 2012-yil 31 dekabr dushanba va 2013-yil 2 yanvar chorshanba kunlariga ko‘chirilsin;
10.12.2012

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

Zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o‘qitishning ilg‘or uslublarini joriy etish yo‘li bilan, o‘sib kelayotgan yosh avlodni chet tillarga o‘qitish, shu tillarda erkin so‘zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish hamda buning negizida, ularning jahon sivilizatsiyasi yutuqlari hamda dunyo axborot resurslaridan keng ko‘lamda foydalanishlari, xalqaro hamkorlik va muloqotni rivojlantirishlari uchun shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish maqsadida:

1. Belgilab qo‘yilsinki, 2013/2014 o‘quv yilidan boshlab:

respublikaning barcha hududida chet tillarni, asosan, ingliz tilini o‘rganish umumta’lim maktablarining birinchi sinflaridan o‘yin tarzidagi darslar va og‘zaki nutq darslari shaklida, ikkinchi sinfdan boshlab esa, alifbo, o‘qish va grammatikani o‘zlashtirishdan bosqichma-bosqich boshlanadi;

oliy o‘quv yurtlarida ayrim maxsus fanlarni, xususan, texnik va xalqaro mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qitish chet tillarda olib boriladi;
22.10.2012

Muborak Qurbon hayitining xalqimiz ma’naviy hayotidagi o‘rni va ahamiyatini e’tiborga olib, milliy-diniy qadriyatlarimizni saqlash va ulug‘lash, fuqarolarning hamjihatligi va mehr-oqibatini mustahkamlash, ularning ruhiy va ma’naviy olamini yanada yuksaltirish maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy bayram – Qurbon hayitini dam olish kuni deb e’lon qilish haqida"gi 1991-yil 20-iyundagi PF-221-son Farmoniga muvofiq...
24.09.2012

Respublikamizda kuchli maktabga ega bo‘lgan hamda Olimpiya o‘yinlari va xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishgan sport kurashini olimpiya sport turlaridan biri sifatida yanada keng rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni erkin va yunon-rum kurashi bilan muntazam shug‘ullanishga faol jalb etish, ularning sport mahoratini oshirish hamda trener kadrlarning salohiyatini rivojlantirish, shu asosda mamlakatimiz terma jamoalari uchun ishonchli zaxirani shakllantirish borasida zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida:

1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasining Toshkent shahrida Sport kurashlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.

                o`zb   рус   eng
Bugun: 09.12.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati