Qarorlar
23.07.2014

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Muborak Ramazon hayitining xalqimiz ma’naviy hayotidagi o‘rni va ahamiyatini e’tiborga olib, milliy-diniy qadriyatlarimizni saqlash va ulug‘lash hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ro‘za hayitini dam olish kuni deb e’lon qilish to‘g‘risida”gi 1992-yil 27-martdagi PF-368-son farmoniga muvofiq:

1. O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2014-yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 28-iyul dushanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarorini inobatga olib, 2014-yil 28-iyul kuni dam olish kuni deb belgilansin va mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlansin.

22.07.2014

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

25.06.2014

El-yurtimiz uchun asrlar davomida ezgulik, saxovat, mehr-shafqat, qanoat va shukronalik ramzi bo‘lib kelayotgan muborak Ramazon oyining ma’naviy-ruhiy hayotimizdagi alohida o‘rni va ahamiyatini inobatga olgan holda, jamiyatimizda mehr-oqibat, o‘zaro ahillik va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlash, xalqimizga xos olijanob fazilatlarni, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ulug‘lash maqsadida:

07.03.2014

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

24.02.2014

Xalqimiz uchun sharqona yangi yilning boshlanishi, eng qadimiy, asl milliy, eng ardoqli bayram bo‘lmish Navro‘z ayyomini markazda va joylarda har tomonlama puxta tayyorgarlik bilan kutib olish va nishonlash mamlakatimizda ezgu an’anaga aylanib qoldi.

Bugungi kunda ushbu umummilliy bayramning ma’naviy hayotimizdagi o‘rni va ta’siri, insonning tabiat bilan uyg‘un bo‘lib yashashi, uning qalbida ezgulik, mehr-oqibat, bag‘rikenglik kabi olijanob tuyg‘ularni uyg‘otish, jamiyatimizda o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlash, yosh avlodimizni milliy qadriyat va an’analarimiz ruhida kamol toptirish borasidagi ahamiyati tobora ortib bormoqda.

Ana shularning barchasini inobatga olib hamda Navro‘z bayramini yuksak saviyada, munosib tarzda nishonlash maqsadida...


                o`zb   рус   eng
Bugun: 23.09.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati