Qarorlar
31.10.2011

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

Muborak Qurbon hayitining xalqimiz ma’naviy hayotidagi o‘rni va ahamiyatini e’tiborga olib, milliy-diniy qadriyatlarimizni saqlash va ulug‘lash, fuqarolarning hamjihatligi va mehr-oqibatini mustahkamlash, yosh avlodning ruhiy va ma’naviy olamini boyitish, ularning qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘usini yanada yuksaltirish maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy bayram “Qurbon hayit”ni dam olish kuni deb e’lon qilish haqida” 1991 yil 20 iyundagi PF-221-son Farmoniga muvofiq:

1. 2011 yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 6 noyabrga to‘g‘ri kelishi haqida O‘zbekiston musulmonlari idorasining murojaatini inobatga olib, ushbu kun mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlansin.
25.08.2011

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori.

Muborak Ramazon hayitining xalqimiz ma’naviy hayotidagi o‘rni va ahamiyatini e’tiborga olib, milliy-diniy qadriyatlarimizni saqlash va ulug‘lash hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ro‘za hayitni dam olish kuni deb e’lon qilish to‘g‘risida” 1992 yil 27 martdagi PF-368-son Farmoniga muvofiq:

1. 2011 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 31 avgustga to‘g‘ri kelishi haqida O‘zbekiston musulmonlari idorasining murojaatini inobatga olib, 2011 yil 31 avgust dam olish kuni deb belgilansin va mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlansin.
24.08.2011

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma yilligi nishonlanishi munosabati bilan hamda aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va ish vaqtidan oqilona foydalanish maqsadida:
26.07.2011

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori.

Xalqimiz uchun mehr-shafqat, saxovat va muruvvat, qanoat va shukronalik ramzi bo‘lgan muborak Ramazon oyining ma’naviy-ruhiy hayotimizdagi alohida o‘rni va ahamiyatini e’tiborga olgan holda, jamiyatimizda mehr-oqibat,o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlash, el-yurtimizga xos bo‘lgan ezgu fazilatlarni, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ulug‘lash maqsadida:

1. 2011 yilda muborak Ramazon oyining boshlanishi 1 avgust kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
31.05.2011

Yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarni manzilli ijtimoiy himoya qilish, ularning turmush darajasi va hayot sifatini oshirish, ularni ijtimoiy ta’minlash tizimini takomillashtirish, shuningdek, tibbiy-ijtimoiy muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida...
20.05.2011

Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va modernizatsiyalash, ularni zamonaviy o‘quv va ilmiy-laboratoriya jihozlari bilan ta’minlash, yuqori malakali kadrlar tayyorlash yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini maqbullashtirish, ta’lim standartlarini takomillashtirish hisobiga ta’lim jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, ilg‘or pedagogik texnologiyalar va o‘qitish shakllarini joriy etish, o‘qituvchi kadrlar mehnatini rag‘batlantirishni kuchaytirish asosida iqtisodiyot soha va tarmoqlarida talab qilinadigan oliy ma’lumotga ega mutaxassislarni tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash maqsadida...
12.05.2011

“Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturiga muvofiq hamda tadbirkorlik faoliyatini keng rivojlantirish uchun qo‘shimcha qulay shart-sharoitlar yaratish, tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish va xarajatlarini kamaytirish maqsadida...
06.04.2011

O‘zbekiston Respublikasi o‘z davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgan buyuk tarixiy sana – 1 sentabr xalqimizning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy hayotida beqiyos o‘rin tutadigan, har yili eng ulug‘, eng aziz bayram sifatida katta shodu xurramlik bilan nishonlanadigan qutlug‘ ayyomdir. Bu yil Vatanimiz mamlakatimiz istiqlolining shonli sanasini – milliy mustaqilligimizning yigirma yilligini baland ruh va ko‘tarinki kayfiyat bilan kutib olishga tayyorgarlik ko‘rmoqda...
28.02.2011

Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan hamda aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va ish vaqtidan oqilona foydalanish maqsadida...
09.02.2011

Mulkdorlarning o‘rta sinfini shakllantirish, ichki bozorni raqobatbardosh va sifatli mahsulotlar bilan to‘ldirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va shu asosda aholi daromadlarini ko‘paytirish va farovonligini oshirishning muhim omili, mamlakat taraqqiyoti yo‘lidagi faol harakatlantiruvchi kuch sifatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan keng chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish maqsadida, shuningdek, 2011 yil O‘zbekiston Respublikasida “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan:

                o`zb   рус   eng
Bugun: 23.09.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati