Matbuotda
30.12.2009

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida farzandlarimizni hech kimdan kam bo‘lmagan insonlar etib tarbiyalash, ularning ma’naviyatini yuksaltirish, huquq va manfaatlarini himoyalash, ta’lim-tarbiya olishi, salomatligini mustahkamlashi yo‘lida g‘amxo‘rlik va e’tibor ko‘rsatish olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning pirovard maqsadini tashkil etadi. Yangi yil arafasida yurtimizda an’anaviy tarzda o‘tkaziluvchi “Prezident archasi” bayram tantanalari buning amaldagi yana bir tasdig‘idir.
29.12.2009

2009 yil 27 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov bo‘lib o‘tdi.
10.12.2009

Davlatimiz rahbari Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 17 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda 2010 yilni mamlakatimizda “Barkamol avlod yili” deb e’lon qildi.

Barkamol avlod – jamiyat taraqqiyotining asosidir. Shu bois yurtimizda mustaqillikning ilk yillaridanoq ham jismoniy, ham ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
26.11.2009

Muborak Qurbon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nomiga qator xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlaridan samimiy qutlovlar kelmoqda...
12.11.2009

Sizga mening Yevropa Ittifoqi komissiyasi prezidenti lavozimiga qayta saylanganim munosabati bilan yo‘llagan samimiy tabrigingiz uchun minnatdorlik izhor etaman. Hozir Yevropa uchun ham, O‘zbekiston uchun ham ulkan imkoniyatlar davri, fuqarolarimiz bizdan barcha uchun farovon, xavfsiz va ishonchli kelajak barpo etishni kutayotgan davr...
11.11.2009

Muhtaram Prezident Janoblari, 
Shveysariyaga qaytar ekanman, mamlakatingizga tashrifim va Siz bilan 8 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida menga ko‘rsatgan mehmondo‘stligingiz uchun o‘zimninig chuqur minnatdorchiligimni izhor etmoqchiman...
10.11.2009

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan respublikamiz hukumatining 2009 yil 13 fevraldagi yig‘ilishida belgilab berilgan mamlakatimizni 2009 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlari, Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi oqibatlarining oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining joriy yilning 9 oyi mobaynida amalga oshirilishi iqtisodiyotni rivojlantirishning barqaror va muvozanatli sur’atlarini saqlash imkonini berdi va 2009 yildagi asosiy prognoz ko‘rsatkichlar bajarilishi uchun mustahkam zamin yaratdi.
07.10.2009

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning Ummon Sultonligiga amalga oshirgan tashrifi, O‘zbekiston-Ummon munosabatlarini rivojlanishi va chuqurlashuvi xorijiy mamlakatlar ijtimoiy-siyosiy, ekspert-tahlilchi, ishbilarmon doira vakillari hamda ommaviy axborot vositalarida katta qiziqish uyg‘otmoqda.

                o`zb   рус   eng
Bugun: 11.12.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati