Farmonlar
25.08.2010

Mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish va islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishdagi katta xizmatlari, ko’p yillik samarali mehnati bilan qishloq va suv xo’jaligi, sanoat, transport, aloqa hamda qurilish sohalarini rivojlantirishga qo’shgan salmoqli hissasi, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilarga faxriy unvonlar berilsin...
24.08.2010

Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, xalqimiz madaniyati va ma’naviyatini yuksaltirish ishiga qo‘shgan munosib hissasi, yorqin iste’dodi va ijodi, ilmiy faoliyati, halol xizmati, yoshlarni ona yurtga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvonlar va ordenlar bilan taqdirlansin...
24.08.2010

Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning jahon miqyosidagi shon-shuhratini yuksaltirish, islohotlarni yanada chuqurlashtirish borasida davlat va xalq oldidagi ulkan xizmatlari, ishlab chiqarish sohasidagi uzoq yillik fidokorona mehnati hamda yosh avlodni vatanparvarlik va xalqparvarlik ruhida tarbiyalashga qo‘shgan katta hissasi uchun quyidagilarga “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni berilib, oliy nishon – “Oltin yulduz” medali topshirilsin...
28.07.2010

“Barkamol avlod yili” Davlat dasturiga muvofiq hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish, yoshlarni, avvalambor kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida...
20.07.2010

O‘zbek futbolining shuhratini jahonga tanitish, xalqaro maydonda uning nufuzini yuksaltirishda ibrat va namuna ko‘rsatgani, milliy futbol hakamlari maktabini rivojlantirish ishiga qo‘shgan munosib hissasi uchun O‘zbekiston futbol federatsiyasining xalqaro toifadagi hakami, FIFA referisi Ravshan Sayfiddinovich Irmatovga “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni berilsin.
20.07.2010

Mamlakatimiz futboli shuhratini jahonga tanitish, xalqaro maydonda uning nufuzini yuksaltirishdagi xizmatlari, milliy futbol hakamlari maktabini rivojlantirish ishiga qo‘shgan munosib hissasi uchun O‘zbekiston futbol federatsiyasining xalqaro toifadagi hakami, FIFA referisi Rafael Eduardovich Ilyasov “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlansin.
09.07.2010

Respublika aholisining daromadlari va turmush darajasini yanada muttasil oshirib borish, fuqarolarga ijtimoiy madadni kuchaytirish maqsadida...
05.07.2010

Xalqimizga xos yuksak gumanizm, bag‘rikenglik va mehr-muruvvat fazilatlarini amalda yana bir bor namoyon etib, ko‘makka muhtoj bo‘lgan insonlarga har tomonlama beg‘araz yordam ko‘rsatishda o‘zini ayamasdan xizmat qilgan, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash ishiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan quyidagilar mukofotlansin...
09.04.2010

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 12-bandi hamda O‘zbekiston Respublikasi “Prokuratura to‘g‘risidagi” Qonunining 12-moddasiga muvofiq...
30.03.2010

Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atini rivojlantirishni yanada qo‘llab-quvvatlash, xalq ijodiyoti sohasiga aholining keng qatlamini, shu jumladan yoshlarni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlash maqsadida...

                o`zb   рус   eng
Bugun: 09.12.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati