Farmonlar
25.08.2011

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish va islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishdagi katta xizmatlari, ko‘p yillik samarali mehnati bilan qishloq va suv xo‘jaligi, sanoat, transport, aloqa hamda qurilish sohalarini rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissasi, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilarga faxriy unvonlar berilsin:
24.08.2011

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni.

Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotining asosi bo‘lgan xususiy mulk ustuvorligini mustahkamlaydigan barqaror qonunchilik bazasi yaratilganini qayd etish zarur. O‘rta mulkdorlar sinfini shakllantirish, mamlakat iqtisodiyotini barqaror yuksaltirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadini oshirishning muhim omili bo‘lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish bo‘yicha qulay ishbilarmonlik muhiti hamda ishonchli huquqiy kafolatlar yaratildi.

Natijada so‘nggi o‘n yilda yalpi ichki mahsulot tarkibida kichik biznes ulushi 31,1 foizdan 52,5 foizga o‘sdi, ushbu sohada bandlik darajasi iqtisodiyot tarmoqlarida ish bilan band aholi umumiy sonining 49,7 foizidan 74,5 foizigacha oshdi. Aholi daromadlarining 47 foizdan ziyodi tadbirkorlik faoliyatidan tushgan daromadlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
24.08.2011

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, milliy g‘oyani rivojlantirish, ma’naviyatimizni tiklash, o‘zligimizni anglash yo‘lida katta hissa qo‘shgan, yorqin iste’dodi va ijodi, ilmiy faoliyati, halol xizmati, yoshlarni ona-yurtga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvonlar va ordenlar bilan taqdirlansin:

23.08.2011

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni.

1.O‘zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi Davlat mukofotlarini ta’sis etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 25 iyulda qabul qilingan PF-3781 sonli Farmonida san’at va me’morchilik sohasida ko‘zda tutilgan 1 ta ikkinchi darajali mukofot o‘rniga 2011 yil uchun istisno tariqasida 2 ta ikkinchi darajali mukofot berilishi belgilansin.

2.O‘zbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi Davlat mukofotlari kengashining 2011 yilgi Davlat mukofotlari bo‘yicha taklifiga binoan mamlakatimiz ilm-fani, adabiyoti va san’atini rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissasi, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik va ma’naviy-ma’rifiy hayotida alohida e’tiborga sazovor bo‘lgan, xalqaro miqyosda e’tirof etilgan fundamental tadqiqotlari, zamon talablariga javob beradigan yuksak, mazmunan dolzarb ijodiy ishlari uchun

Birinchi darajali davlat mukofotlari quyidagilarga berilsin:
23.08.2011

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni.

Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning jahon miqyosidagi shon-shuhratini yuksaltirish, islohotlarni yanada chuqurlashtirish borasida davlat va xalq oldidagi ulkan xizmatlari, ishlab chiqarish sohasidagi uzoq yillik fidokorona mehnati hamda yosh avlodni vatanparvarlik va xalqparvarlik ruhida tarbiyalashga qo‘shgan katta hissasi uchun quyidagilarga “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni berilib, oliy nishon – “Oltin yulduz” medali topshirilsin:

01.06.2011

Mamlakatimizda sud ekspertizasi sohasini rivojlantirish, zamonaviy ilm-fan va texnikaning so‘nggi yutuqlari asosida yangi turdagi ekspertizalarni amaliyotda keng qo‘llash orqali odil sudlovni amalga oshirish ishiga qo‘shayotgan salmoqli hissasi, sud ekspertizasi faoliyatini takomillashtirish borasidagi fidokorona mehnati va ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin...
17.05.2011

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 20 yilligini nishonlash hamda davlatimiz mustaqilligi, iqtisodiy, siyosiy, ilmiy-ta’lim, madaniy, ma’naviy salohiyati va mudofaa qudratini mustahkamlash, sarhadlarimizning xavfsizligi va daxlsizligini ta’minlash, mamlakatimizni demokratik yangilash va modernizatsiyalash, Vatanimizning munosib yosh avlodini tarbiyalash ishiga salmoqli hissa qo‘shgan yurtdoshlarimizni taqdirlash maqsadida...
22.04.2011

9 may umumxalq bayrami – Xotira va qadrlash kuni o‘tkazilishi, shuningdek, 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaning 66 yilligi nishonlanishi munosabati bilan hamda urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy rag‘batlantirish maqsadida...
18.04.2011

O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksiga va “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq hamda fermer xo‘jaliklarini qayta tashkil etish va ularning yer maydonlarini optimallashtirishda qonunchilikka so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash maqsadida...

                o`zb   рус   eng
Bugun: 14.10.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati