Farmonlar
14.08.2012

London shahrida bo‘lib o‘tgan XXX yozgi Olimpiada o‘yinlarida erishgan yutuqlari bilan Vatanimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tibori va nufuzini oshirishga qo‘shgan katta hissasi uchun quyidagilarga faxriy unvonlar berilsin va ilovaga muvofiq rag‘batlantirilsin:
02.08.2012

Qonun va qonunchilik ustuvorligini ta’minlash, inson huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan, davlat hokimiyatining g‘oyat muhim tarmog‘i bo‘lgan sud-huquq tizimini bosqichma-bosqich demokratlashtirish va erkinlashtirish huquqiy davlatni shakllantirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan uzoq muddatli va izchil islohotlar dasturining eng muhim ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi.
24.07.2012

Ta’kidlansinki, O‘zbekistonda mustaqillik yillarida ta’lim tizimining barcha turlarini, jumladan, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish bo‘yicha aniq maqsadli keng miqyosdagi ishlar amalga oshirildi. 

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Maktab ta’limini rivojlantirishning umummilliy davlat dasturini muvaffaqiyatli amalga oshirish natijasida ta’lim jarayonining barcha bosqichlarini qamrab oluvchi, zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari va kompyuter texnikasi bilan jihozlangan umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar, oliy ta’lim muassasalaridan iborat, yuqori talablarga javob beruvchi uzluksiz ta’limning yaxlit tizimi yaratildi.
19.07.2012

Qayd etilsinki, keyingi yillarda O‘zbekistonda bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, raqobatni rivojlantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni rag‘batlantirish yo‘lidan izchil olg‘a siljish borasida keng ko‘lamdagi chora-tadbirlar kompleksi qabul qilindi.

 2011-2015 yillar davrida O‘zbekiston iqtisodiyotida islohotlar miqyosini kengaytirish va chuqurlashtirish bo‘yicha tasdiqlangan chora-tadbirlar Dasturini amalga oshirish doirasida faqatgina so‘nggi yilning o‘zida tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish, xususiy mulk ustuvorligini ta’minlash va uning huquqiy muhofazasini kuchaytirish, korxonalarning moliya-xo‘jalik faoliyatiga davlat va nazorat qiluvchi idoralar aralashuvini kamaytirishga oid aniq chora-tadbirlar ro‘yobga chiqarildi.
16.07.2012

Qayd etib o‘tilsinki, ortiqcha byurokratik g‘ovlarni bartaraf etish, zamon talablariga mos kelmaydigan litsenziya va ruxsat berish tartib-taomillarini, statistik, moliyaviy va soliq hisobotlari shakllarini qisqartirish, ularni taqdim etish mexanizmini takomillashtirish hisobiga respublikada qulay ishbilarmonlik muhitini vujudga keltirish, biznes sub’ektlarini tashkil qilishni soddalashtirish va shunday sub’ektlarning yanada erkin faoliyat yuritishlarini ta’minlash borasida izchil hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

 Hozirgi vaqtda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari har chorakda faqat bitta soddalashtirilgan statistik hisobotni taqdim etadilar, moliya hisoboti esa yiliga bir marta taqdim etiladi. Tadbirkorlik sub’ektlarining 78 foizdan ko‘prog‘i soliq hisobotini elektron ko‘rinishda taqdim etmoqdalar. So‘nggi yilning o‘zidagina 65 turdagi ruxsat berish tartib-taomillari bekor qilindi.
09.07.2012

“Mustahkam oila yili” Davlat dasturiga muvofiq hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari – shaharchalar, qishloqlar, ovullar va mahallalar fuqarolar yig‘inlarining rahbarlari va xodimlari mehnatini ularning yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash bo‘yicha ijtimoiy ahamiyatli ishlarni amalga oshirishga, oila institutini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va mustahkamlashga, jamiyatda barqarorlik va totuvlikni ta’minlashga qo‘shgan hissasini e’tiborga olgan holda yanada rag‘batlantirish maqsadida:
06.07.2012

Respublika aholisining daromadlari va turmush darajasini yanada muttasil oshirib borish, fuqarolarga ijtimoiy madadni kuchaytirish maqsadida: 

1. 2012 yilning 1 avgustidan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar hamda ijtimoiy nafaqalar, stipendiyalar miqdori o‘rta hisobda 1,15 baravar oshirilsin.
15.06.2012

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 15-bandi va 102-moddasiga hamda xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashining qaroriga muvofiq: Normo‘min Omonovich Choriyev Surxondaryo viloyati hokimi lavozimiga tayinlansin.
18.04.2012

9-may umumxalq bayrami – Xotira va qadrlash kuni o‘tkazilishi, shuningdek, 1941-1945-yillardagi Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaning 67-yilligi nishonlanishi munosabati bilan hamda urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy rag‘batlantirish maqsadida:
13.04.2012

Yuqori qo‘shilgan qiymatga ega bo‘lgan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydigan zamonaviy, yuksak texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha qulay shart-sharoitlarni shakllantirish, shuningdek, Toshkent viloyatining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks hamda samarali foydalanish, shu asosda yangi ish joylarini yaratish va aholi daromadlarini oshirish maqsadida:

                o`zb   рус   eng
Bugun: 09.12.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati