Farmonlar
25.08.2014

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish va islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishdagi katta xizmatlari, ko‘p yillik samarali mehnati bilan qishloq va suv xo‘jaligi, sanoat, transport, aloqa hamda qurilish sohalarini rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissasi, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilarga faxriy unvonlar berilsin:

25.08.2014

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Huquqiy davlatni shakllantirish va milliy qonunchilikni takomillashtirishga, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini, huquq va erkinliklarini himoya qilishga, qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlashga, jamiyatda huquqiy madaniyatni oshirish va yuqori malakali yuridik kadrlarni tayyorlashga qo‘shgan katta hissasi uchun quyidagilarga faxriy unvon berilsin:

22.08.2014

O‘zbekiston mustaqilligining yigirma uch yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at, ma’naviyat va ma’rifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, milliy g‘oyani rivojlantirish, ma’naviyatimizni tiklash, o‘zligimizni anglash yo‘lida katta hissa qo‘shgan, yorqin iste’dodi va ijodi, ilmiy faoliyati, halol xizmati, yoshlarni ona yurtga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvonlar va ordenlar bilan taqdirlansin:

22.08.2014

«O‘zbekiston Qahramoni» unvonini berish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning jahon miqyosidagi shon-shuhratini yuksaltirish borasida davlat va xalq oldidagi ulkan xizmatlari, ishlab chiqarish sohasidagi uzoq yillik fidokorona mehnati hamda yosh avlodni vatanparvarlik va xalqiga sadoqat ruhida tarbiyalashga qo‘shgan katta hissasi uchun quyidagilarga «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni berilib, oliy nishon – «Oltin yulduz» medali topshirilsin:

22.08.2014

Termiz shahrini «Amir Temur» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Mustaqillik yillarida shahar ahlining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy sohalarda erishgan muvaffaqiyatlari, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, millatlararo do‘stlik va hamjihatlik munosabatlarini rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi, xalqimizning tarixiy va ma’naviy merosini asrab-avaylash, yoshlarimizni ulug‘ ajdodlarimizga xos ezgu qadriyatlar, mardlik va jasorat, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi katta xizmatlari uchun hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 23-yilligi munosabati bilan Termiz shahri «Amir Temur» ordeni bilan mukofotlansin.


                o`zb   рус   eng
Bugun: 21.02.2020
Qidirish
© 2008 - 2020 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati