2017-yil 6-may shanba dam olish kunini 2017-yil 8-may dushanba kuniga ko‘chirish to‘g‘risida
02.05.2017
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
9-may – Xotira va qadrlash kunining xalqimiz hayotidagi muhim ijtimoiy-ma’naviy o‘rni va ahamiyatini e’tiborga olib hamda aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
2017-yil 6-may shanba dam olish kuni 2017-yil 8-may dushanba kuniga ko‘chirilsin va ish kuni deb hisoblansin;
2017-yil 8-may dushanba kuni dam olish kuni deb e’lon qilinsin.