“O‘zbekiston havo yo‘llari”Milliy aviakompaniyasini O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlash to‘g‘risida
30.01.2017
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, sohani modernizatsiya qilishda erishilgan yutuqlar, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish ishlariga qo‘shgan munosib hissasi, parvozlar xavfsizligini ta’minlash va sifatli havo transporti xizmatini ko‘rsatish borasida dunyoda munosib o‘rin egallaganligi va xalqaro miqyosda e’tirofga sazovor bo‘layotganligi, milliy aviakompaniyamizning jamiyatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotida tutgan o‘rnini e’tiborga olib hamda tashkil etilganining 25-yilligi munosabati bilan "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasi O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlansin.



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti                                                                         Sh.Mirziyoyev

Toshkent shahri, 2017-yil 28-yanvar

                o`zb   рус   eng
Bugun: 15.09.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati