«O‘zbekiston qahramoni» unvonini berish to‘g‘risida
23.08.2016

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning jahon miqyosidagi shon-shuhratini yuksaltirish, islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasida davlat va xalq oldidagi ulkan xizmatlari, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalardagi ko‘p yillik fidokorona mehnati hamda yosh avlodni vatanparvarlik va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga qo‘shgan katta hissasi uchun quyidagilarga «O‘zbekiston Qahramoni»unvoni berilib, oliy nishon – «Oltin yulduz» medali topshirilsin:

kurbanov ravshanbek davletovich.jpg

Kurbanov Ravshanbek Davletovich – «Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi» aksiyadorlik jamiyati direktorii

rajabov sharipboy.jpg

Rajabov Sharipboy – Bog‘ot tumanidagi «Bog‘ot» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Xorazm viloyati

ummatov erkin rahmanovich.jpg

Ummatov Erkin Raxmanovich – «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining kapital qurilish direksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari – «Angren – Pop» elektrlashtirilgan temir yo‘l qurilishi boshlig‘i

sharapova muhabbatarapovna.jpg

Sharapova Muxabbat Arapovna – Qarshi shahridagi 2-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining matematika fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov

Toshkent shahri, 2016-yil 23-avgust


                o`zb   рус   eng
Bugun: 15.10.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati