O‘zbekiston Mustaqilligining yigirma to‘rt yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at, ma’naviyat va ma’rifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida
26.08.2015

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni 

Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, milliy g‘oyani rivojlantirish, ma’naviyatimizni tiklash, o‘zligimizni anglash yo‘lida katta hissa qo‘shgan, yorqin iste’dodi va ijodi, ilmiy faoliyati, halol xizmati, yoshlarni ona yurtga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvonlar va ordenlar bilan taqdirlansin:

“O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi”

Toshmurodov Mahamadyor Ergashevich - Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti professori

“O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti”

Azizov Mirzajon Mamajonovich - Muqimiy nomidagi o‘zbek davlat musiqiy teatri aktyori

Alimov Samandar Choriyevich - Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri opera solisti

Usmonov Ramiz Beknazarovich - Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri opera solisti

“O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi”

Umirov Rasul Qarayevich - Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanidagi “Qudrat” fermer xo‘jaligi ishchisi, baxshi

“O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi”

Inog‘omov Hakimjon Yoqubovich - “Ustazoda” xalq san’ati ustalari korxonasi ganchkor ustasi

“O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi”

Xoliqova Odinaxon Nosirovna - Farg‘ona viloyati Quva tumanidagi 16-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi

“O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi”

Ermatov Mashrab Ergashevich - O‘zbekiston davlat konservatoriyasi dotsenti, hofiz

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist”

Abdullayeva Raisa Uraimovna - Jizzax viloyat musiqali drama teatri aktyori

Galaxov Oleg Viktorovich - O‘zbekiston akademik rus drama teatri aktyori

Davlatova Olesya Vladimirovna - “O‘zbeksirk” respublika birlashmasi artisti

Jo‘rayeva Yoqutxon Ma’murovna - Qo‘qon shahar musiqali drama teatri aktyori

Qobilova Ziyoda O‘tkirovna - “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi xonandasi

Mo‘minova Zulxumor Anorqulovna - “O‘zbekfilm” kinostudiyasi aktyori

Nazarova Ngarxan Keunimjayevna - “O‘zbekiston” ashula va raqs ansambli balet artisti

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi”

Julliyeva Dilorom Nurmamatovna - Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi 32-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi

Kurbanbayeva Zeynep Xojabayevna - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani Taxiatosh energetika kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi

Solijonov Yo‘ldoshxo‘ja - Farg‘ona davlat universiteti professori, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi

Sultonov Nurali Shodmonovich - Qashqadaryo viloyati “Nasaf” futbol maktabi katta murabbiyi

Teshaboyeva Odinaxon Dilmurodovna - Andijon viloyati Paxtaobod tumanidagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabining informatika fani o‘qituvchisi

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist”

Esmurzayev Bazarbay Kengesbayevich - Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Qoraqalpog‘iston” telekanali “Xabar” muharririyati sharhlovchisi

Otaboyev Ahmad - “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi bo‘lim mudiri

Ro‘ziyev Sherzod Tashkentovich - O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Toshkent” teleradiokanali “Ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy dasturlar” muharririyati bosh muharriri

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi”

Avazxo‘jayev Anvar Hojimurodovich - O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi teleoperatori

Begimqulova Zamira Latifovna - O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbektelefilm” studiyasi sahnalashtiruvchi rejissyori

Muzaffarova Saodat Haydarovna - O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti vokal kafedrasi o‘qituvchisi

Nasimov Hilol To‘lqinovich - “O‘zbekfilm” kinostudiyasi postanovkachi-rejissyori

Rahimjonov No‘mon Karimovich - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, adabiyotshunos

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi”

Ososkov Aleksandr Vladimirovich - Respublika onkologiya ilmiy markazi tarkibidagi Respublika rentgen-radiologiya markazi mudiri

Yo‘ldoshev Nabijon Pirimovich - Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi rentgenendovaskulyar jarrohlik bo‘limi mudiri

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi”

Ibragimov Qahramon Sulaymonovich - Farg‘ona viloyati Buvayda tumanidagi 1-bolalar va o‘smirlar sport maktabining yunon-rum kurashi bo‘yicha murabbiyi

Halimov Latif Yusufovich - Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiyi

Umarov Faxriddin Jabborovich - Toshkent shahar 25-bolalar va o‘smirlar sport maktabining taekvondo bo‘yicha murabbiyi

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi”

Boyqo‘ziyev Jasur Tavboyevich - Taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Tasmuradov Yelmurat Zulipxar-uli - Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi”

Yo‘ldosheva Ra’no Boltayevna - Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi

Karimov Rahmatulla Toshboyevich - Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi

Mirzahamdamova Gavharjon Mirzaakramovna - Namangan viloyati Kosonsoy pedagogika kollejining maxsus fan o‘qituvchisi

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

Abduqodirova Salomat Mahkamovna - Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi

Ashurov Hotam Bahronovich - O‘zFA Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti direktori

Egamberdiyev Qurbon - O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi a’zosi

Iskandarova Ra’no Ibodullayevna - Xorazm viloyati Xonqa tumani tibbiyot birlashmasi “G‘alaba” qishloq vrachlik punkti mudiri

Qobilov Nasrulla Qo‘chqorovich - O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti dotsenti

Mirsharipov Habibullo Yo‘ldoshevich - Farg‘ona viloyati Farg‘ona transport kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi

Ortiqboyev Aminboy O‘rozboyevich - O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zAning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha muxbiri

Sodiqov Abduvohid - Toshkent viloyati silga qarshi kurash dispanseri bosh shifokori – viloyat bosh ftiziatri

Tulametov Bahodir Ahmedovich - “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh muhandisi o‘rinbosari

Hoshimov Shuhrat Xurshidovich - Akademik V.Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi bosh shifokori

Haydarov Mehriddin Ikromovich - Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabining informatika fani o‘qituvchisi

Shoqodirov Rustam Isrofilovich - O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Toshkent telemarkazi guruh boshlig‘i

Mamlakatimizda har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish ishiga qo‘shgan katta hissasi hamda yoshlarni Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, sog‘lom turmush tarzi tamoyillari ruhida tarbiyalashdagi xizmatlari uchun quyidagilar mukofotlansin:

II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan

Otaboyev Alimjon Jumanazarovich - Respublika qo‘g‘irchoq teatri aktyori

Kutlimuratova Feruza Kalbayevna - Nukus “Ona va bola skriningi” markazi bo‘lim mudiri, genetik-shifokor

Mamanazarov Qurbon Mamarajabovich - Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi neyroxirurgiya bo‘limi mudiri

Nurova Zaynab Ergashevna - Buxoro viloyati Peshku tumani tibbiyot birlashmasi chaqaloqlar bo‘limi katta hamshirasi

Eminov Bahodir Jo‘rayevich - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali bolalar reanimatsiyasi bo‘limi mudiri

“Do‘stlik” ordeni bilan

Alimbekov Adhambek Kamolovich - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi xalqaro aloqalar va badiiy tarjima bo‘limi mas’ul kotibi

Aximbetova Gulbaxar Kanatbayevna - O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Nukus filiali o‘qituvchisi

Jumayev Sharif Karimovich - Sirdaryo viloyat musiqali drama teatri aktyori

Karimova Sevar Abdulazizovna - Gimnastika bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi murabbiyi

Mamedov Mobil Yakub o‘g‘li - Respublika ozarbayjon milliy-madaniy markazi raisi

Mahmudova Hikoyat - “Moziydan sado” jurnali bo‘lim muharriri

Nasriddinov Alisher Shoasilevich - O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, rassom

Nizomiddinov Hayitali Mamatqulovich - Respublika satira teatri aktyori

Setyan Martin Varazdatovich - Respublika arman milliy-madaniy markazi raisi

Tangriyev Laziz Xushboqovich - G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi direktori

Turkina Anna Vladimirovna - O‘zbekiston milliy simfonik, kamer va xalq cholg‘ulari orkestrlari jamoalari birlashmasining Davlat xor kapellasi badiiy rahbari

Umarov Bahodir Zokirovich - “Ma’naviyat” nashriyoti bosh muharriri

Umarova Baktigul Serikovna - Navoiy viloyati Konimex tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi

O‘rinov Esonboy - “O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi boshqarma boshlig‘i

Xalmurzayev Albert Sharifovich - O‘zbekiston Yoshlar teatri aktyori

Shokin Dmitriy Aleksandrovich - Taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Yunusov Salavat Idrisovich - “O‘zbeksirk” respublika birlashmasi ijodiy guruh boshlig‘i

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy va ijtimoiy islohotlardagi faol ishtiroki, samarali mehnati, yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ishiga qo‘shgan hissasi uchun quyidagilar mukofotlansin:

“Shuhrat” medali bilan

Abduvoitova Gulchehra Imonqulovna - Jizzax viloyati Zafarobod tumanidagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabining biologiya fani o‘qituvchisi

Abdurahmonov Bekzod Mahamadjonovich - Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Akramxo‘jayeva Feruza G‘anixo‘jayevna - O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi tabiatshunoslik bo‘limi katta ilmiy xodimi

Aliyeva Dildorxon Yunusovna - “Jahon adabiyoti” jurnali katta korrektori

Alimova Sabohat Zarifovna - Surxondaryo viloyati Termiz san’at kolleji xalq cholg‘ulari kafedrasi o‘qituvchisi

Allanazarova Qizlargul Toliboyevna - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qanliko‘l tumani tibbiyot birlashmasi “Altinko‘l” qishloq vrachlik punkti mudiri

Allanbayev Rudakiy Orinbayevich - O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti vokal kafedrasi katta o‘qituvchisi

Ahmadaliyeva Gulnoz Ikramovna - Olimpiya shon-shuhrati muzeyi bosh muhofizi

Ochilova Manzura Sheraliyevna - Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti qoshidagi akademik litsey matematika fani o‘qituvchisi

Boboyorov Abdunabi - “Kuch – adolatda” gazetasining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha muxbiri

Voronina Yekaterina Aleksandrovna - Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Galaktionov Valeriy Vladimirovich - “O‘zbeksirk” respublika birlashmasi artisti

Erxodjayev Najmiddin Sirojiddinovich - Toshkent shahar 5-sonli bolalar klinik shifoxonasi reanimatsiya bo‘limi mudiri

Jumaniyozova Ra’no - Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi Buloqboshi tumani bo‘limi targ‘ibotchisi

Zaripova Mehribon Abdurahmonovna - O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyat teleradiokompaniyasi katta muharriri

Ziyoddinov Shavkat Najmiddinovich - Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi Qo‘shrabot tumani bo‘limi targ‘ibotchisi

Ibragimova Malohat Vohitovna - “O‘qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi katta korrektori

Isamedinova Yulduzoy Ibrajanovna - Andijon shahar tibbiyot birlashmasi 5-oilaviy poliklinika umumiy amaliyot shifokori

Kabirov Saidkarim Alimovich - “Istiqlol” san’at saroyi direktori o‘rinbosari

Kalliyev Abatbay Nagmetullayevich - Nukus madaniyat va san’at kolleji o‘qituvchisi

Qurbonov Soyib Rajabovich - Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Latipov Jasurbek Madaminjon o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Mavlonov Saidmuxtor Maqsudovich - O‘zFA Bioorganik kimyo instituti laboratoriya mudiri

Meliqo‘ziyev Bektemir Ro‘zmatjon o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zosi

Mirpayziyev Mirbaxtiyor Sodiqovich - “O‘zbekiston ovozi” gazetasi muxbiri

Murodova Hamro Badalovna - Qashqadaryo viloyati “Chiroqchi chiroqlari” folklor-etnografik xalq ansambli xonandasi

Niyozova Nilufarxon Abdulhamidovna - “Kamolot” YoIH Namangan viloyati Kengashi “Kamolot” gazetasi muharriri

No‘monov Ismoil Ergashevich - Buxoro viloyati Kogon shahar tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordam bo‘limi mudiri

Omonova Nodira O‘rozovna - Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani tibbiyot birlashmasi “Balandchayla” qishloq vrachlik punkti mudiri

Otenov Tolegen - O‘zFA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti Botanika bog‘i direktori

Po‘latova Zuhra Davronovna - O‘zbekiston ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasi yetakchi muharriri

Rajapov Anvar Jumaboyevich - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi poliklinikasi bosh shifokori

Rahmatov Asqarali Eshmo‘minovich - Surxondaryo viloyati Oltinsoy axborot texnologiyalari va servis kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi

Ro‘ziqulov Faxriddin Bozorovich - Madaniyat va sport ishlari vazirligi Badiiy ekspertiza boshqarmasi nazorat bo‘limi bosh san’atshunos-nazoratchisi

Ro‘zmetova Tursunoy Abdusharipovna - Navoiy san’at va madaniyat kolleji maxsus fan o‘qituvchisi

Sadirova Dildor Hoshimovna - Buxoro shahridagi 32-Mehribonlik uyi tarbiyachisi

Sa’dullaev Allazar - O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi a’zosi, kulol

Saydivaliyev Po‘lat Sobitovich - “Vatanparvar” gazetasi adabiy xodimi

Sapayev Saparmat Abdullayevich - O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Sport” teleradiokanali “Xabarlar” muharririyati bosh muharriri

Sattiyeva Gulbahor Qodirovna - Andijon tibbiyot kollejining maxsus fan o‘qituvchisi

Sindorov Annoqul Miyliyevich - Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani tibbiyot birlashmasi “Shovana” qishloq vrachlik punkti mudiri

Sultonova Zulfiya Sultonovna - Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali kafedra mudiri

So‘fiyev Abdusamat Maxsudovich - O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasi guruh rahbari

Tangirova Gulbahor Eshmatovna - “Surxon tongi” – “Zarya Surxana” gazetalari bosh muharriri

Tashmatova Azatgul Rahimovna - O‘zbekiston davlat konservatoriyasi “Milliy cholg‘u” ilmiy-ishlab chiqarish eksperimental laboratoriyasi direktori, dotsent

Teshaboyev Qahramon Rashidovich - “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi chop etish sexining qog‘oz kesish mashinasi mashinisti

Tolipov Shuhrat Mannopovich - O‘zbekiston milliy simfonik, kamer va xalq cholg‘ulari orkestrlari jamoalari birlashmasi artisti

Toshev Davron Bo‘ronovich - O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, miniatyurachi rassom

Troshina Viktoriya Yurevna - O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, rangtasvirchi rassom

Uzoqova Sanobar Tirkashovna - Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumani tibbiyot birlashmasi “Kavardon” qishloq vrachlik punkti mudiri

Fozilov Zulfiqor Husanovich - Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumani tibbiyot birlashmasi “Bog‘bon” qishloq vrachlik punkti umumiy amaliyot shifokori

Xametova Kamila Taxirovna - “O‘zbeksirk” respublika birlashmasi artisti

Hamidov Yusufjon Vohidovich - “Xalq so‘zi” gazetasi mas’ul kotibi

Xo‘jamberdiyeva Zamiraxon - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira

Hojiyev Xayrulla G‘ulomqodirovich - Toshkent viloyati Zangiota agroservis kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi

Xudoyqulova Muqaddas Tojiqulovna - Sirdaryo viloyati Guliston tumani tibbiyot birlashmasi “Boyovut” qishloq vrachlik punkti doyasi

Husanov Mirabzal Zoirovich - O‘zbekiston bastakorlar uyushmasi a’zosi

Xushvaqov Luqmon - 1-sonli Respublika klinik shifoxonasi xirurgiya bo‘limi mudiri

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov

Toshkent shahri, 2015-yil 25-avgust


                o`zb   рус   eng
Bugun: 11.11.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati