«O‘zbekiston Qahramoni» unvonini berish to‘g‘risida
25.08.2015

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning jahon miqyosidagi shon-shuhratini yuksaltirish, islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasida davlat va xalq oldidagi ulkan xizmatlari, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalardagi ko‘p yillik fidokorona mehnati hamda yosh avlodni vatanparvarlik va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga qo‘shgan katta hissasi uchun quyidagilarga «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni berilib, oliy nishon – «Oltin yulduz» medali topshirilsin:

Ganiyeva Suyima Ganiyevna – Toshkent davlat sharqshunoslik institutining «Mumtoz filologiya» kafedrasi professori, Toshkent shahri

Sanakulov Kuvondik – «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasi bosh direktori, Navoiy viloyati

Topvoldiyev Tavakkal Temirovich – «Nuroniy» jamg‘armasining Andijon viloyati bo‘limi raisi

Hosilov Avaz – Kattaqo‘rg‘on tumanidagi «Hosil» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Samarqand viloyati


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov

Toshkent shahri, 2015-yil 25-avgust


                o`zb   рус   eng
Bugun: 11.11.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati