Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida
07.03.2014

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Yurtimizda mo‘tabar ayol zotiga munosib hurmat-ehtirom ko‘rsatish, ularning ijtimoiy hayotimizdagi o‘rni va nufuzini oshirish, barkamol xotin-qizlar avlodini voyaga yetkazish maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 10-iyundagi «Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq qabul qilingan nizomga asosan:

1. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining a’lo xulqi, zukkoligi, o‘qishdagi muvaffaqiyatlari, tashabbuskorligi bilan noyob iste’dodini namoyon etayotgan hamda adabiyot, madaniyat, san’at, ta’lim va sport sohalaridagi alohida yutuqlari uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli qizlarini Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi takliflari ilovadagi ro‘yxatga muvofiq ma’qullansin.

2. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bo‘yicha ko‘zda tutilgan 14 ta mukofot o‘rniga 2014-yil uchun istisno tariqasida 16 ta mukofot berilishi belgilansin.

3. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayramiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan tantanalarda sovrindorlik diplomlari va ko‘krak nishonlari topshirilsin.

4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini ta’minlasin.

5. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalarining ibratli faoliyati, ularning noyob iste’dodi va erishgan yutuqlarini keng yoritib borish tavsiya etilsin.

6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.Bositxonova zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov
Toshkent shahri, 2014-yil 3-mart.

*  *  *

O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining
2014-yil 3-martdagi
PQ-2138-son qaroriga ilova

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar ro‘yxati

Joldasbayeva Ayjamal Maxsetbay qizi

-

 

Qoraqalpoq davlat universiteti qoshidagi 1-akademik litseyning 2-bosqich o‘quvchisi

Abdumutallibova Oydinoy Kamoliddin qizi

-

 

Andijon pedagogika va ijtimoiy-iqtisodiyot kollejining 3-bosqich o‘quvchisi

Namozova Mohinur Bobirovna

-

Buxoro tumanidagi 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi

Xolbekova Yoqutxon Nazarqosim qizi

-

Jizzax transport, aloqa kasb-hunar kollejining 3-bosqich o‘quvchisi

Nodirova Maftuna Rustamovna

-

Qarshi davlat universitetining 4-bosqich talabasi

Qosimova Zariya O‘ktamovna

-

Navoiy viloyati Zarafshon komputer texnologiyalari kollejining 1-bosqich o‘quvchisi

Usubjanova Shohsanam Azamjon qizi

-

Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi 22-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi

Olimova Durdona Olim qizi

-

Samarqand shahridagi Siyob tibbiyot kollejining 1-bosqich o‘quvchisi

Xoljigitova Dilbarxon Baxodir qizi

-

Guliston davlat universiteti qoshidagi 1-akademik litseyning 3-bosqich o‘quvchisi

Barotova Lutfiya Abdusattop qizi

-

Surxondaryo viloyati Termiz qishloq xo‘jalik kasb-hunar kollejining 1-bosqich o‘quvchisi

Yusupova Nilufar Qodir qizi

-

Surxondaryo viloyati Termiz san’at kollejining 3-bosqich o‘quvchisi

Abdulxakimova Sevara Odil qizi

-

Toshkent viloyati Angren axborot texnologiyalari va sanoat kasb-hunar kollejining 1-bosqich o‘quvchisi

Mamadibragimova Dinoraxon Muhammadrayim qizi

-

Chirchiq olimpiya zaxiralari kollejining 2-bosqich o‘quvchisi (Farg‘ona viloyati)

Atajonova Gulyar Komiljon qizi

-

Urganch davlat universitetining 3-bosqich talabasi

Rominova Nasiba Toxir qizi

-

Xorazm viloyati Xiva tumanidagi 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi

Xakimova Xurshida Sarvar qizi

-

Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 122-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi


                o`zb   рус   eng
Bugun: 15.10.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati