O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga
11.11.2009

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov
Janobi Oliylariga

Muhtaram Prezident Janoblari,
Shveysariyaga qaytar ekanman, mamlakatingizga tashrifim va Siz bilan 8 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida menga ko‘rsatgan mehmondo‘stligingiz uchun o‘zimninig chuqur minnatdorchiligimni izhor etmoqchiman.

Siz menga taqdim etgan ushbu imkoniyat paytidagi samarali suhbat mamlakatlarimiz o‘rtasida davom etayotgan samimiy munosabatlar va qator sohalardagi mushtarak manfaatlarimizning tasdig‘idir. Aminmanki, ushbu munosabatlar kelgusida yanada rivojlanadi va mustahkamlanadi.

Prezident Janoblari, Sizga bo‘lgan yuksak ehtiromlarimni qabul etgaysiz.

Mishlin Kalmi-Rey,
Federal maslahatchi,
Shveysariya Konfederatsiyasi
Federal tashqi ishlar departamenti rahbari.


                o`zb   рус   eng
Bugun: 05.08.2020
Qidirish
© 2008 - 2020 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati