O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Janobi Oliylariga
12.11.2009

Janobi Oliylari!

Sizga mening Yevropa Ittifoqi komissiyasi prezidenti lavozimiga qayta saylanganim munosabati bilan yo‘llagan samimiy tabrigingiz uchun minnatdorlik izhor etaman.

Hozir Yevropa uchun ham, O‘zbekiston uchun ham ulkan imkoniyatlar davri, fuqarolarimiz bizdan barcha uchun farovon, xavfsiz va ishonchli kelajak barpo etishni kutayotgan davr. Ayni paytda hali oldimizda global inqirozdan chiqishdan to iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashishgacha bo‘lgan muhim vazifalar turibdi.

Ishonchim komilki, agar biz o‘z imkoniyatlarimizdan to‘liq foydalanib, kuch va harakatlarimizni samarali ishga solsak, yaqin yillarda kelgusi o‘n yilliklardagi yutuqlarimizni shakllantirish yo‘lini belgilashga muvaffaq bo‘lamiz.

Boy an’analar va Yevropa bilan ko‘p asrlik aloqalarga ega bo‘lgan O‘zbekiston Yevropa Ittifoqining muhim hamkoridir. Yevropa Ittifoqi komissiyasiga rahbarlik qilish ishonib topshirilgani menga quvonch va sharaf bag‘ishlaydi. Men O‘zbekiston bilan yanada yaqin munosabatlarning rivojlanishiga umid qilaman.

Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 18 yilligi va Toshkent shahrining 2200 yillik yubileyi munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga ravnaq va farovonlik tilab bildirgan ezgu istaklarimni izhor etaman.

Samimiy tabrigingiz uchun yana bir bor minnatdorlik bildiraman.

Ehtirom ila,

Joze Manuel Barrozo,
Yevropa Ittifoqi komissiyasi prezidenti


                o`zb   рус   eng
Bugun: 05.08.2020
Qidirish
© 2008 - 2020 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati