Samimiy qutlovlar
26.11.2009

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Islom Karimov Janobi Oliylariga

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuhu,

Muborak Iyd al-Adho munosabati bilan Siz, Janobi Oliylariga Saudiya Arabistoni xalqi, hukumati va shaxsan o‘z nomimdan eng samimiy tilaklar va ezgu istaklarni yo‘llashdan mamnunman. Ushbu fazilatli ayyomda Alloh subhonahu va taolodan Siz, Janobi Oliylariga sihat-salomatlik, baxt-saodat, birodar O‘zbekiston xalqiga taraqqiyot va ravnaq, butun islom ummatiga esa farovonlik va xayr-baraka ato etishini so‘rab qolaman.

Samimiy ehtirom ila,
Birodaringiz

Abdulloh bin Abdulaziz Ol Saud,
Ikki muqaddas masjid xodimi,
Saudiya Arabistoni Podshohi

* * *

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Islom Karimov Janobi Oliylariga

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuhu,

Muborak Iyd al-Adho munosabati bilan Siz, Janobi Oliylariga samimiy tilaklar va ezgu istaklarimni yo‘llab, Alloh taboraka va taolodan ushbu fazilatli ayyom barakotidan barchamizga nasib aylashini, islom ummatiga esa shon-shuhrat, yuksalish va farovonlik ato etishini so‘rab qolaman.

Samimiy ehtirom ila,
Birodaringiz

Sulton bin Abdulaziz Ol Saud,
Saudiya Arabistoni Valiahdi,
Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari,
Mudofaa va aviatsiya vaziri, Bosh nazoratchi

* * *

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga

Muborak Qurbon hayiti munosabati bilan Siz, Janobi Oliylariga samimiy tabriklarimni yo‘llashdan behad mamnunman.

Muhammad Husniy Muborak,
Misr Arab Respublikasi Prezidenti

* * *

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga

Muborak Qurbon hayiti munosabati bilan Siz, Janobi Oliylarini chin dildan tabriklab, ezgu tilaklarimni yo‘llashdan behad mamnunman.

Fursatdan foydalanib, Siz, Janobi Oliylariga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va do‘st O‘zbekiston xalqiga taraqqiyot va farovonlik tilab qolaman.

Kamoli ehtirom ila,

Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon,
Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti

* * *

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga

Muborak Qurbon hayiti munosabati bilan Siz, Janobi Oliylariga samimiy tabrik va ezgu tilaklarimni yo‘llashdan bag‘oyat xursandman.

Fursatdan foydalanib, Siz, Janobi Oliylariga sihat-salomatlik, baxt-saodat va do‘st O‘zbekiston xalqiga yanada farovonlik va taraqqiyot tilab qolaman.

Kamoli ehtirom ila,

Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum,
Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti,
Bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi

* * *

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga

Muborak Qurbon hayiti munosabati bilan Siz, Janobi Oliylariga samimiy tabrik va ezgu tilaklarimni yo‘llashdan behad mamnunligimni izhor etaman.

Bunday ulug‘ damlarda Allohdan Siz, Janobi Oliylariga sihat-salomatlik va baxt-saodat, xalqingizga omonlik va farovonlik, islom ummatiga shodlik va baraka ato etishini so‘rab qolaman.

Amr Muso,
Arab davlatlari ligasi Bosh kotibi

* * *

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga

Hurmatli Islom Abdug‘aniyevich,

Muborak Qurbon hayiti munosabati bilan Sizga o‘zimning samimiy tilaklarim – uzoq umr, baxt-saodat, omad, mamlakatingizning do‘st xalqiga esa ravnaq va farovonlik tilash menga katta mamnuniyat baxsh etadi.

Qodir Allohdan Sizga va butun musulmon ummatiga xalqlarimizning tinchlik, totuvlik va bag‘rikenglik yo‘lidan borishida madadkor bo‘lishini tilab qolaman. Yaratganning o‘zi Sizning barcha boshlagan va olib borayotgan ezgu faoliyatingizga madadkor bo‘lsin.

Chuqur ehtirom ila,

Gurbanguli Berdimuhammedov,
Turkmaniston Prezidenti

* * *

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuhu,

Hurmatli Prezident Janobi Oliylari,

Sizni va yurtdoshlarimizni ulug‘ ayyom – Qurbon hayiti bilan hojilarimiz nomidan samimiy muborakbod etamiz.

Istiqlol sharofati bilan dinimiz arkonlarini emin-erkin bajo keltirish uchun barcha sharoitlar, xususan, Vatanimizdan muborak haj safariga borayotgan fuqarolarimiz uchun yaratib berilayotgan qulay imkoniyatlarni Sizning otalarcha g‘amxo‘rligingiz namunasi, deb bilamiz.

Mustaqillik yillarida milliy va diniy qadriyatlarimizni tiklash va asrab-avaylash, yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalar qadamjolarini obod etib, ularga yangicha salobat baxsh etish borasida amalga oshirilgan ezgu va xayrli ishlar xalqimizni yanada ulkan zafarlar sari ruhlantirmoqda.

Biz, o‘zbekistonlik hojilar Makkai mukarrama, Madinai munavvara kabi muqaddas zaminlarda turib, Sizning rahnamoligingizda mustaqil yurtimiz hamisha omon, elimiz tinch, turmushimiz yanada farovon bo‘lishini Yaratgandan iltijo qilib so‘ramoqdamiz.

Sizga, muhtaram Prezident Janoblari, Alloh taolodan mustahkam salomatlik, baxt-saodat tilab, xalqimiz va go‘zal diyorimizni hamisha O‘z panohida asrashini so‘rab duolar qilib qolamiz.

O‘zbekiston hojilari nomidan
muftiy U.Alimov

Makka shahri, Arafot vodiysi,
2009 yil 26 noyabr

* * *

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov Janobi Oliylariga

Siz va O‘zbekiston xalqi muborak Qurbon hayitini nishonlayotgan ushbu kunda Amerika xalqi va shaxsan o‘z nomimdan yo‘llayotgan eng ezgu tilaklarimni qabul qilgaysiz.

Muqaddas an’analardan kelib chiqib, umid qilamanki, biz butun dunyoda erkinlik va tinchlikka erishish yo‘lidagi hamkorligimizni davom ettiraveramiz.

Sizga va O‘zbekiston xalqiga baxt-saodat hamda ravnaq tilab qolaman.

Ehtirom ila,

Barak Obama,
Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti

Shu jumladan:

Kuvayt Davlati Amiri Shayx Saboh al-Ahmad al-Jobir as-Saboh;

Ummon Sultoni Qobus bin Said;

Iordaniya Podshohi Abdulloh Ikkinchi bin al-Husayn;

Yaman Respublikasi Prezidenti Ali Abdulloh Solih;

Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Homed Karzay;

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon;

Ozarboyjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev;

Boshqirdiston Respublikasi Prezidenti Murtazo Rahimov va

MDH Dinlararo kengashi hamraisi, Kavkaz musulmonlari boshqarmasi raisi Shayx-ul-islom Ollohshukur Poshshozoda tomonidan yo‘llangan tabriklarda qodir Allohdan davlatimiz rahbariga mustahkam sihat-salomatlik, baxt-saodat, O‘zbekiston xalqiga tinchlik-xotirjamlik, taraqqiyot va farovonlik tilab, ezgu va samimiy istaklar bildirilgan.

Tabriklar kelishi davom etmoqda.


                o`zb   рус   eng
Bugun: 21.02.2020
Qidirish
© 2008 - 2020 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati