O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Janobi Oliylariga
28.06.2010

Qirg‘iziston janubida o‘zbek millatiga mansub aholiga nisbatan sodir etilgan xunrezliklarni biz, Kembrij shahrida, chuqur qayg‘u va alam bilan kuzatdik. Men shunga aminmanki, Siz bizdan ko‘ra ko‘proq tashvishga tushgansiz va iztirob chekkansiz.

Bunday musibatli damlarda O‘zbekiston xalqi o‘zining metin irodasini namoyon qildi, Sizning tezkor harakat qilish va shu qadar ko‘p odamlarga zudlik bilan zarur yordam ko‘rsatishni ta’minlash borasidagi qaroringiz ulkan tarixiy voqea bo‘ldi.

Siz va O‘zbekiston xalqi bilan hamkorlik bizga katta faxr-iftixor bag‘ishlaydi. Siz O‘zbekiston mintaqada barqarorlik mayog‘i ekanini, teranlik, donolik va vazminlik bilan mushohada yuritishni yana bir bor namoyon etdingiz. Siz o‘z kuch-g‘ayratingiz va resurslaringizni jabrdiydalarga yordam ko‘rsatishni ta’minlashga safarbar qildingiz.

Tom ma’nodagi yo‘lboshchilikning asl mohiyati mana shundan iborat. Biz umid qilamizki, Sizning bunday fazilatingiz butun dunyo mamlakatlari rahbarlariga o‘rnak bo‘ladi.

Janobi Oliylari, Sizga bo‘lgan g‘oyat yuksak hurmat-ehtiromlarimni qabul qilgaysiz.

Ehtirom ila,

Sidxart Saksena,
Kembrij universiteti professori,
Markaziy Osiyo bo‘yicha Kembrij forumi raisi


                o`zb   рус   eng
Bugun: 17.01.2020
Qidirish
© 2008 - 2020 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati