Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida
19.11.2009

Muborak Qurbon hayitining ma’naviy hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini, xalqimizga xos mehr-muruvvat, bag‘rikenglik va saxovat ifodasi ekanini e’tiborga olib hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy bayram – Qurbon hayitini dam olish kuni deb e’lon qilish haqida” gi 1991 yil 20 iyundagi PF-221-son Farmoniga muvofiq:

1. 2009 yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 27 noyabrga to‘g‘ri kelishi haqida O‘zbekiston musulmonlari idorasining murojaatini inobatga olib, 2009 yil 27 noyabr dam olish kuni deb belgilansin va mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlansin.

2. Respublika “Nuroniy”, “Mahalla” jamg‘armalari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va boshqa barcha mutasaddi davlat va jamoat tashkilotlari Qurbon hayitining joylarda tartibli va yuqori darajada, xalqimizning milliy qadriyatlariga mos ravishda o‘tishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirsin.

3. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga bayram tadbirlarini keng yoritish tavsiya etilsin.

O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti I.Karimov

Toshkent shahri,
2009 yil 19 noyabr


                o`zb   рус   eng
Bugun: 19.09.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati