2011-2015 yillarda yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
31.05.2011

Yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarni manzilli ijtimoiy himoya qilish, ularning turmush darajasi va hayot sifatini oshirish, ularni ijtimoiy ta’minlash tizimini takomillashtirish, shuningdek, tibbiy-ijtimoiy muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida:

1. 2011-2015 yillarda yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Unda quyidagilar nazarda tutiladi:

yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning me’yoriy-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish;

yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar turlarini kengaytirish va sifatini oshirish;

yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarni aniq maqsadli davolash va sog‘lomlashtirishni takomillashtirish, tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya choralarini va gerontologiya yordamini kuchaytirish;

yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarning uy-joy va maishiy sharoitlarini yanada yaxshilash, tibbiy-ijtimoiy muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar – mutasaddi ijrochilar 2011-2015 yillarda yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturida ko‘zda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlasin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasining 2012-2015 yillarga mo‘ljallangan Davlat byudjetini shakllantirishda 2011-2015 yillarda yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi tadbirlarini amalga oshirishni moliyalash uchun zarur mablag‘larni, ushbu maqsadlarga ijrochilar hamda homiylar mablag‘larini keng jalb qilishni hisobga olgan holda, nazarda tutsin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan hamkorlikda har yili Investitsiya dasturini shakllantirishda yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlar uchun tibbiy-ijtimoiy muassasalarning qurilishi va rekonstruksiya qilinishiga zarur mablag‘larni byudjet mablag‘lari hisobidan har yili ajratiladigan kapital qo‘yilmalarning markazlashtirilgan limitlari doirasida moliyalashning prognoz hajmiga binoan 2-ilovaga muvofiq nazarda tutsin.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi 2-ilovada nazarda tutilgan ob’ektlarni qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari ekspertizasini hamda qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini belgilangan tartibda ta’minlasin.

4. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi:

bir oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan hamkorlikda 2011-2015 yillarda yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi tadbirlarini amalga oshirishni nazarda tutuvchi sohalar bo‘yicha va hududiy dasturlarni belgilangan parametrlarga muvofiq ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlasin;

Dasturning mazkur qaror bilan tasdiqlangan tadbirlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha ishlarning muvofiqlashtirilishini ta’minlasin, uning bajarilishi va yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish chora-tadbirlarining aniq natijalarini muntazam ko‘rib chiqsin;

har chorakda Vazirlar Mahkamasiga 2011-2015 yillarda yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturida belgilangan tadbirlar bajarilishining borishi va natijalari haqida tahliliy axborot kiritsin.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.Aripov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti I.Karimov

Toshkent shahri,
2011 yil 30 may


                o`zb   рус   eng
Bugun: 15.10.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati