Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atini rivojlantirishni yanada qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida
30.03.2010

Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atini rivojlantirishni yanada qo‘llab-quvvatlash, xalq ijodiyoti sohasiga aholining keng qatlamini, shu jumladan yoshlarni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlash maqsadida:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atini rivojlantirishni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2008 yil 1 apreldagi PF-3983-sonli Farmonining 1-bandida nazarda tutilgan, uy sharoitida xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’ati buyumlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan band bo‘lgan shaxslar tomonidan qat’iy belgilangan soliqni to‘lash yuzasidan soliq imtiyozining amal qilish muddati “Hunarmand” uyushmasi a’zolari – yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun 2012 yilning 1 apreligacha uzaytirilsin.

2. “Hunarmand” uyushmasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur Farmonda nazarda tutilgan soliq imtiyozi tatbiq etiladigan “Hunarmand” uyushmasi a’zolari – badiiy hunarmandchilik va amaliy san’at buyumlarini uy sharoitida ishlab chiqarish bo‘yicha yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan band bo‘lgan shaxslar ro‘yxatini aniqlasin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi yuqorida ko‘rsatilgan soliq imtiyozining to‘g‘ri qo‘llanilishi ustidan qattiq nazoratni ta’minlasin.

4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti I.Karimov

Toshkent shahri, 
2010 yil 30 mart


                o`zb   рус   eng
Bugun: 20.10.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati