“O‘zbekiston Qahramoni” unvonini berish to‘g‘risida
24.08.2010

Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning jahon miqyosidagi shon-shuhratini yuksaltirish, islohotlarni yanada chuqurlashtirish borasida davlat va xalq oldidagi ulkan xizmatlari, ishlab chiqarish sohasidagi uzoq yillik fidokorona mehnati hamda yosh avlodni vatanparvarlik va xalqparvarlik ruhida tarbiyalashga qo‘shgan katta hissasi uchun quyidagilarga “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni berilib, oliy nishon – “Oltin yulduz” medali topshirilsin:

Ziyayev Yusup Mingkabilovich – “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat aksiyadorlik temir yo‘l kompaniyasi 166-yo‘l mashina stansiyasi temir yo‘l qurish mexanizmi mashinisti

G‘opirov Kamoliddin – Shahrixon tumanidagi 53-maktab internati direktori, Andijon viloyati

Ergasheva Patila – Buvayda tumanidagi “Patilaxon” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Farg‘ona viloyati

O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti I.Karimov

Toshkent shahri, 
2010 yil 24 avgust.


                o`zb   рус   eng
Bugun: 14.10.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati