O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘n to‘qqiz yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, san’at, ma’naviyat va ma’rifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida
24.08.2010

Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, xalqimiz madaniyati va ma’naviyatini yuksaltirish ishiga qo‘shgan munosib hissasi, yorqin iste’dodi va ijodi, ilmiy faoliyati, halol xizmati, yoshlarni ona yurtga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvonlar va ordenlar bilan taqdirlansin:

“O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi”

Muhammadjonov Rixsiboy – O‘zbekiston kino arboblari birlashmasi a’zosi, kinodramaturg

Rasulov Alisher Tursunboyevich – Respublika estrada-sirk kolleji o‘qituvchisi, kompozitor

“O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti”

Adashev Rajab Halimovich – “O‘zbekfilm” kinostudiyasi aktyori

Nazarbekov Ozodbek Ahmadovich – “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi xonandasi

“O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi”

Kalliyev Tenelbay Genjebayevich – Nukus madaniyat va san’at kolleji o‘qituvchisi, baxshi

“O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi”

Sanayev Ziyodulla Fayziyevich – Samarqand viloyati, Narpay tumanidagi 52-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist”

Alimov Samandar Choriyevich – Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri opera solisti

Abdullayeva Mehrijon Kabirovna – Namangan viloyat musiqali drama teatri vokal artisti

Ahmedova Lola Baxtiyorovna – “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi xonandasi

Ziyoyev Abdunabi Qo‘chqorovich – Badiiy jamoalar ijodiy birlashmasi “Maqom” ansambli sozandasi

Rahmatov Mehriddin Tojiddinovich – O‘zbek milliy akademik drama teatri aktyori

Uzoqova Shohida Normatovna – O‘zbek davlat drama teatri aktyori

Umarova Faridaxon Jo‘rayevna – Respublika yosh tomoshabinlar teatri aktyori

Usmonov Ramiz Beknazarovich – Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri opera solisti

Hamroyeva Nodira Mixaylovna – Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri balet artisti

Qo‘ziyev Toir Asqarovich – “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi “Sato” guruhi badiiy rahbari

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi”

Ortiqov G‘ayrat Azizovich – Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti dotsenti, rangtasvirchi rassom

Omirzakova Kirmizi Jumamuratovna – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Shumanay tumanidagi 2-umumta’lim maktabining matematika va informatika fani o‘qituvchisi

Ubaydullayev Mirza-Ulug‘bek Abdullayevich – Andijon olimpiya zaxiralari sport kolleji direktorining sport ishlari bo‘yicha o‘rinbosari

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist”

Buzrukov Ahmadjon A’zamxonovich – O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali “Axborot” informatsion eshittirishlar muharririyati bo‘lim mudiri

Mamadiyev Ravshan Abdumannobovich – “Namangan haqiqati” gazetasi katta muxbiri

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi”

Ataboyev Davronbek Jumanazarovich – Xorazm viloyat qo‘g‘irchoq teatri rahbari

Botirov Zubaydulla Vorisovich – Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri bosh rassomi

Bomurodov Bobur Hodiyevich (Bobur Bobomurod) – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir

Vohidov Shuhrat Xurshidovich – O‘zbekiston temir yo‘llari madaniyat saroyi badiiy rahbari, xonanda

Mamajonov Anvar Alimjonovich – Respublika rassomlik kolleji o‘qituvchisi, grafik rassom

Mamadiyev Abdinabi – O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasining Qashqadaryo viloyati bo‘limi a’zosi, rangtasvirchi rassom

Mo‘minova Shahnozaxon – O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, chinnisoz-rassom

Rahmatov Sultonali Ahmadjonovich – Erkin ijodkor, bastakor

Safarova Matluba Tilavoldiyevna – O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” telekanali Madaniy-ma’rifiy va badiiy dam olish dasturlari bosh muharririyati katta muharriri

Hakimjonov Hotam Xalilovich – Marg‘ilon shahar madaniyat uyi badiiy rahbari, badiiy so‘z ustasi

Hasanov Hamidulla – “O‘zbekfilm” kinostudiyasi kinooperatori

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi”

Jo‘rayev Ixtiyor Bozorovich – Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining Navoiy filiali anesteziologiya-reanimatsiya bo‘limi mudiri

Toshbekov Farhod Bahromovich – Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi tibbiyot-sanitariya birlashmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi”

Ponomaryov Aleksandr Viktorovich – Suv sporti turlari respublika oliy sport mahorati maktabining baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha murabbiyi

Qurbonov Olimjon Isoqovich – Respublika olimpiya zaxiralari kollejining yunon-rum kurashi bo‘limi bosh murabbiyi

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi”

Ahmedov Bahodir Yo‘ldoshboyevich – Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Karimova Yevgeniya Sergeyevna – Taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan

Qurbonov Ravshanbek Davlatovich – Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi direktori

Menkov Vadim Yuryevich – Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi

Yusupov Ibragim – Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri bosh baletmeysteri

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

Ziyomuhamedov Sadriddin Muhiddinovich – O‘zbekiston kino arboblari birlashmasi a’zosi, sahnalashtiruvchi-rassom

Muhamedov Qobiljon G‘afurovich – Toshkent kimyo-texnologiya institutining Qo‘ng‘irot soda zavodi qoshidagi maxsus sirtqi bo‘lim dekani

Normatov Nodir – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, san’atshunos

Ravshanov Mansur Temirovich – Surxondaryo viloyat musiqali drama teatri bosh rejissori

Rafiqov Abzal Azimovich – O‘zbek davlat drama teatri aktyori

Hasanov Faxriddin Salohovich – “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti tahririyat mudiri

Xo‘jayorov Baxtiyor – O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Samarqand bo‘limi raisining o‘rinbosari, Mintaqaviy muammolar kompleks ilmiy-tadqiqot instituti direktori

Sharipov Saydiolim Akramovich – “Davlat belgisi” davlat ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi bosh rassom-dizayneri

Egamova Zulayho Ibragimovna – Navoiy viloyati, Navbahor tumanidagi 14-maktab direktorining ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari

Yunusov Hamroqul Nekbayevich – Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumani tibbiyot birlashmasining shoshilinch tibbiy yordam bo‘limi boshlig‘i

I darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan

Umarov Ibrohimjon Samatovich – Farg‘ona viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining xirurgiya bo‘limi mudiri

II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan

To‘raqulova Muqaddamxon Mahmudovna – Jizzax viloyati, Mirzacho‘l tuman tibbiyot birlashmasining “O‘zbekiston” qishloq vrachlik punkti umumiy amaliyot vrachi

Usmonova Muattar Jalilovna – O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali “Bolalar va o‘smirlar” eshittirishlari bo‘limi mudiri

“Do‘stlik” ordeni bilan

Azimov Abdumajid Abdullayevich – “Mohiyat” gazetasi bosh muharriri

Ataboyev Azamatjon Shodmonbekovich – O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, rangtasvirchi rassom

Galaxov Oleg Viktorovich – O‘zbekiston akademik rus drama teatri aktyori

G‘ulomov Shuhrat Mannopovich – Toshkent davlat texnika universitetining kafedra professori

Zimin Andrey Yuryevich – Buxoro viloyati, Romitan sanoat kasb-hunar kollejining ishlab chiqarish ta’limi ustasi

Mirxoliqov Rahim-Murod To‘xtayevich – “O‘qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi muharriri

Pak Zinaida Vladimirovna – “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi muqovalash sexi matbaachisi

Sayimov Salim Sayimovich – Qarshi san’at kolleji direktori

Solihov Ulug‘bek Shokirovich – Toshkent davlat musiqali komediya (operetta) teatri ovoz rejissori

Yusubov Bagbek – Xorazm viloyati, Hazorasp tumanidagi 1-ixtisoslashgan maktabning matematika fani o‘qituvchisi

Qosimov Ibrohim Sotvoldiyevich – Sirdaryo viloyat musiqali drama teatri aktyori

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy va ijtimoiy islohotlardagi faol ishtiroki, samarali mehnati, yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ishiga qo‘shgan hissasi uchun quyidagilar mukofotlansin:

“Shuhrat” medali bilan

Abduhakimova Mo‘ttixon – Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazining Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani bo‘limi targ‘ibotchisi

Akramov Saidazim Saydamatovich – “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi ofset bosma sexi boshlig‘i

Aripova Mastura Hikmatovna – Toshkent kimyo-texnologiya institutining kafedra mudiri

Ataboyev Zokirjon Jumanazarovich – O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Respublika teleradiomarkazining ovoz yozish rejissori

Botirov Shuhrat Xayrullayevich – Navoiy konchilik kollejining maxsus fan o‘qituvchisi

Bahodirov G‘ayrat Otaxonovich – O‘zbekiston Fanlar akademiyasi bosh ilmiy kotib o‘rinbosari, fundamental va amaliy dasturlar bo‘limi boshlig‘i

Beknazarov Toshqul Eshonqulovich – O‘zbekiston Milliy axborot agentligining Jizzax viloyati bo‘yicha muxbiri

Bobojonov Abdujabbor Qorayevich – Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tuman madaniyat uyi uslubchisi

Bomurotov Karim Atoboyevich – Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazining Buxoro viloyati Shofirkon tumani bo‘limi targ‘ibotchisi

G‘afurova Sayyora Akmalovna – O‘zbekiston davlat konservatoriyasi maxsus fortepiano kafedrasi dotsenti

Dadamuhamedova Shohida Mubashirovna – Toshkent shahar 1-sonli bolalar klinik shifoxonasi ko‘z mikroxirurgiyasi bo‘limi mudiri

Isomov Bahodirjon Sirojiddinovich – Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazining Farg‘ona viloyati Rishton tumani bo‘limi targ‘ibotchisi, shoir

Mutalov Shuhrat Azizovich – O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Yoshlar” teleradiokanali bosh teleoperatori

Nabiyeva Iroda Abdusamatovna – Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining kafedra mudiri

Nurjanova O‘rozgul Hojaboyevna – Urganch maishiy xizmat kasb-hunar kollejining fizika fani o‘qituvchisi

Olimov Odil – Andijon uy-joy va kommunal xo‘jaligi kasb-hunar kollejining chizmachilik fani o‘qituvchisi

Piyazov Jenisbek Burkitovich – O‘zbekiston davlat konservatoriyasi talabasi, xonanda

Polonskaya Lyudmila Alekseyevna – “Turkiston”-“Molodej Uzbekistana” gazetalari muxbiri

Pushkareva Olga Sergeyevna – Navoiy viloyati “Znamya drujbы” gazetasi korrektori

Rajabov Ilyos Komiljonovich – G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi bosma sexining 5-darajali chop etuvchisi

Sarimsoqov Eshqo‘zi Qodirovich – Sirdaryo viloyat ko‘zi ojizlar kutubxonasi direktori

Sattorova Muborak Boriyevna – Termiz san’at kollejining maxsus fan o‘qituvchisi

Serafimova Lyuda – Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari bosh boshqarmasi bosh mutaxassisi

Soliyeva Huri Melixo‘jayevna – Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tumanidagi 16-umumta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi

Sulaymonov Botirjon Abdushukurovich – Toshkent davlat agrar universitetining kafedra mudiri

Tursunov Lutfillo Saidmurodovich – “Xabar” gazetasi mas’ul kotibi

To‘xtayeva Kubarro Akramovna – “Usto” birlashmasining Samarqand viloyati bo‘limi a’zosi, kashtado‘z usta

Umurzoqova Ra’no Berdaliyevna – Namangan viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining rentgen bo‘limi laboranti

Hikmatova Inobat Sayfiyevna – Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti qoshidagi 1-sonli akademik litseyning matematika fani o‘qituvchisi

Shahobov Umid Sharifjonovich – “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi xonandasi

Shirinova Gulchehra Xayrullayevna – “Sog‘lom avlod” gazetasi katta muxbiri

Ergashova Muxtasarxon Yo‘ldoshevna – Andijon viloyati, Baliqchi tuman tibbiyot birlashmasining “A’lam” qishloq vrachlik punkti mudiri

Qo‘shboqova Sobira Musurmonovna – Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tuman tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam bo‘limi navbatchi feldsheri

O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti I.Karimov

Toshkent shahri, 
2010 yil 24 avgust


                o`zb   рус   eng
Bugun: 20.10.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati