O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar idoralari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash to‘g‘risida
22.10.2010

Sog‘liqni saqlashni rivojlantirish va ichki ishlar idoralari xodimlari sog‘lig‘ini muhofaza qilish, yoshlarni milliy g‘oya va ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash ishiga qo‘shayotgan katta hissasi, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faol ishtiroki uchun faxriy unvon berilsin:

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi”

Usmanov Xashim Xamitovich – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tibbiyot boshqarmasi markaziy gospitali boshlig‘i

Tinchlikni, barqarorlikni va jamoat tartibini ta’minlashdagi ko‘p yillik shavkatli mehnati hamda xizmat burchini ado etishda ko‘rsatgan mardlik va fidoyiligi, milliy manfaatlarimizni himoya qilishdagi jasorati uchun quyidagilar mukofotlansin:

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

Esanov Adxam Abdukaxxorovich – Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tergov hibsxonasi boshlig‘i

II darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan

Djurayev Komiljon Maxamadjanovich – Toshkent shahar Uchtepa tumani ichki ishlar boshqarmasi harbiylashtirilgan yong‘in xavfsizligi otradi bo‘linma komandiri

Umarov Azamat Batirovich – Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi patrul-post xizmati brigadasi militsioneri

“Do‘stlik” ordeni bilan

Kirillov Valeriy Anatolyevich – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Toshkent oliy harbiy-texnika bilim yurti o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonasi sex boshlig‘i

Ten Maksim Aleksandrovich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yong‘in xavfsizligi boshqarmasi guruh boshlig‘i

Yakubovich Aleksandra Dmitriyevna – Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi jazoni ijro etish muassasasi bo‘lim boshlig‘i

“Jasorat” medali bilan

Abduraxmonov Valijon Qobulovich – Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati batalyoni guruh komandiri

Biloloxunov Nurillo Saydullayevich – Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi katta tezkor vakili

Boltaboyev Tulqin Turdibekovich – Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati batalyoni militsioneri

Jo‘rayev Ulug‘bek To‘rabekovich – Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani ichki ishlar bo‘limi jinoyat qidiruv va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘linmasi katta tezkor vakili

Qabulov Shuhrat Ayitbayevich – Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tergov hibsxonasi bo‘lim katta tezkor vakili

Qurbonaliyev Mirzajon Yuldashaliyevich – Andijon viloyati Shahrixon tumani ichki ishlar bo‘limi jinoyat qidiruv va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘linmasi katta tezkor vakili

“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan

Aripov Abdugani Madjitovich - Davlat feldyegerlik xizmati muhim topshiriqlar bo‘yicha katta ofitseri

Barotov Nasriddin Xojiyevich – Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkib bo‘yicha maxsus inspeksiyasi boshlig‘i

Isayev Islom Mardiyevich – Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori

Isakova Lenora Tuxtamuratovna – Toshkent shahar Chilonzor tumani ichki ishlar boshqarmasi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha katta tergovchisi

Ismailov Baxram Jumanazarovich – Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ekspert-kriminalistika bo‘limi bo‘linma boshlig‘i

Qurbonov Tuyg‘un Obloyevich – Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi jazoni ijro etish muassasasi boshlig‘ining o‘rinbosari

Qurbonov Farxod Jo‘rayevich – Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari

Raxmonov Xolmamat Raximovich – Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori

Saideksanov Karimjan Paziljanovich – Transportdagi Ichki ishlar boshqarmasi Andijon bekatidagi tarmoq ichki ishlar bo‘limi voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarliklarni oldini olish guruhi katta inspektori

Tadjibayev Dilshod Djurabayevich – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi harbiy safarbarlik va fuqarolar muhofazasi bo‘limi o‘ta muhim topshiriqlar bo‘yicha katta inspektori

Turaxodjayev Najmiddin Sadirovich – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasining Respublika markazi boshlig‘i

Turdaliyev Shuxrat Akborovich – Farg‘ona viloyati Toshloq tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori

Xoliqov Sirojiddin Yuldashovich – Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi huquqbuzarliklarni oldini olish boshqarmasi katta inspektori

“Shuhrat” medali bilan

Bibitov Xakim Kuzikulovich – Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi yetakchi mutaxassisi

Vafayev Akbar Axmatovich – Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati batalyoni guruh komandiri

Dusnazov Shavkat Akramovich – Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati batalyoni militsioneri

Sadullayev Aziz Asadovich – Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori

Seydinaserov Seydivaxit Seytkasimovich – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi alohida qo‘riqlash batalyoni militsioneri

Seytniyazov Mirzabay Saparovich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumani ichki ishlar bo‘limi huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘linmasi inspektori

Tag‘ayev Erkin Ibadullayevich – Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi kinologiya xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari

To‘rayev Akmal Jo‘rayevich – Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi kichik inspektor-kinologi

Xo‘rozov Olimjon Bolg‘ayevich – Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati batalyoni maxsus otradi inspektori

O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti I. Karimov

Toshkent shahri, 
2010 yil 22 oktabr


                o`zb   рус   eng
Bugun: 15.10.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati