Futbol bo‘yicha O‘zbekiston nogironlar terma jamoasi a’zolarining bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida
03.11.2010

Futbol bo‘yicha nogiron-amputantlar o‘rtasida Argentinada o‘tkazilgan 2010 yilgi jahon chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, xalqaro musobaqalarda yurtimiz sha’nini munosib himoya qilishda jasorat va matonat namunasini ko‘rsatgani uchun quyidagilar mukofotlansin:

“Do‘stlik” ordeni bilan

Kariyev Rustam Igamberdiyevich – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston nogironlar terma jamoasining bosh murabbiyi

Tursunboyev Xaydarali Umaraliyevich – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston nogironlar terma jamoasining a’zosi

“Jasorat” medali bilan

Arapov Muxammadaziz Xakimovich – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston nogironlar terma jamoasining a’zosi

Rustamov Umarali Maxmudovich – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston nogironlar terma jamoasining a’zosi

Turaxo‘jayev Qudrat Saydillaxo‘jayevich – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston nogironlar terma jamoasining a’zosi

O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti I.Karimov

Toshkent shahri, 
2010 yil 3 noyabr


                o`zb   рус   eng
Bugun: 14.10.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati