Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etilganligining 15 yilligi munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash to‘g‘risida
04.03.2011

Mamlakatimiz aholisi va hududini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishda ko‘p yillik fidokorona mehnati, o‘z xizmat vazifalarini bajarishda ko‘rsatgan jasorati va jonbozligi, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash ishiga qo‘shgan salmoqli hissasi, shuningdek, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin:

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

Kurbaniyazov Nurulla Turkmanbayevich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari

“Do‘stlik” ordeni bilan

Volkov Petr Vladislavovich – O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining aloqa tarmog‘i boshlig‘i

“Jasorat” medali bilan

Mansurov Maqsud Mahkamovich – Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi guruh komandiri

Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan

Umrbekov G‘olibjon G‘ayratbekovich – Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bo‘linma boshlig‘i

Chariyev Komil Uzoqovich – O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Respublika ko‘p tarmoqli tez harakat qilish markazi qutqaruvchisi

“Shuhrat” medali bilan

Boboqulov Akram Tilovovich – Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi guruh komandiri

Xodjayev Baxtiyar Abdujamilovich – Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchisi

O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti I.Karimov

Toshkent shahri, 
2011 yil 28 fevral


                o`zb   рус   eng
Bugun: 20.10.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati