“O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma yilligi munosabati bilan xorijiy davlatlarning bir guruh fuqarolarini mukofotlash to‘g‘risida”
26.08.2011

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

O‘zbekiston bilan do‘stlik va sheriklik munosabatlarini va har tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga, xalqlar o‘rtasida hamjihatlikni mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi uchun hamda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma yilligi munosabati bilan quyidagilar mukofotlansin:

“Do‘stlik” ordeni bilan

Andre Dyule – Fransiya parlamenti senatori, “Fransiya – Markaziy Osiyo” do‘stlik guruhi raisi

Irnerio Seminatore – Yevropa xalqaro munosabatlar instituti prezidenti (Belgiya)

Yoshiro Mori – Yaponiya parlamenti vakillar palatasi deputati

Kim Yong Gu – Koreya Respublikasi Milliy assambleyasi deputati

Santyago Ruis-Morales – O‘zbekistonning Madriddagi (Ispaniya) faxriy konsuli

Son Kyong Shik – Koreya Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi

Udo Fyolker – “CLAAS” kompaniyasi mustaqil konsultanti, “MAN Avto Uzbekistan” qo‘shma korxonasi kuzatuv kengashi a’zosi (Germaniya)

Xartli But – Britaniya-O‘zbekiston jamiyati raisi, O‘zbekiston-Britaniya Savdo va sanoat kengashi hamraisi

Chjan Deguan – Xitoyning Markaziy Osiyo davlatlari bilan Do‘stlik jamiyati raisi

Cho Yang Xo – “Korean Eyr” kompaniyasi raisi

O‘zbekiston bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy, ilmiy-ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish borasidagi faol va samarali faoliyati uchun hamda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma yilligi munosabati bilan quyidagilar mukofotlansin:

“O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil” esdalik nishoni bilan

Abdulla Xo‘ja – “Turkiston-Amerika uyushmasi” raisi

Antonio Loke – Osiyo va O‘rta yer dengizi davlatlarini o‘rganish bo‘yicha Italiya instituti bosh kotibi

Jozef Goldblat – BMT Qurolsizlanish masalalarini tadqiq etish instituti xodimi

Jak Barra – “Panthyeon-Assas Paris II” universiteti professori (Fransiya)

Karlos Palasio i de Oriol – “Patentes Talgo” kompaniyasi prezidenti (Ispaniya)

Kerolin Lemm – Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi

Lebedev Sergey Nikolayevich – MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijro etuvchi kotibi

Mitropolit Vladimir (Ikim Vladimir Zaxarovich) – Rus pravoslav cherkovi yepiskopi, Omsk va Tara mitropoliti

Mishel Kazachkin – OIV/OITS, sil kasali va bezgakka qarshi kurashish bo‘yicha Global jamg‘arma ijro etuvchi direktori

Patrik Ollye – Fransiya parlamenti bilan aloqalar bo‘yicha vazir, Ruey-Malmezon shahri meri

Ramanatan Teyvendran – Singapur menejmentni rivojlantirish instituti bosh kotibi

Siddxart Saksena – Markaziy Osiyo bo‘yicha Kembrij forumi raisi

Frederik Starr – J.Xopkins nomidagi universitet huzuridagi Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti raisi ( AQSH)

Xose Fernando Sanches-Xunko Mans – “Maxam” kompaniyasi prezidenti (Ispaniya)

Yuy Xunszyun – Xitoy kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Xalqaro bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari

O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan davlat mukofotlari va “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil” esdalik nishonlari tantanali vaziyatda topshirilishini va ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil qilsinlar.

Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – tashqi ishlar vaziri E.M.G‘aniyev zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov

Toshkent shahri, 2011 yil 26 avgust.


                o`zb   рус   eng
Bugun: 29.03.2020
Qidirish
© 2008 - 2020 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati