“O‘zbekiston Qahramoni” unvonini berish to‘g‘risida
23.08.2012

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning jahon miqyosidagi shon-shuhratini yuksaltirish, islohotlarni yanada chuqurlashtirish borasida davlat va xalq oldidagi ulkan xizmatlari, ishlab chiqarish sohasidagi uzoq yillik fidokorona mehnati hamda milliy g‘oyani rivojlantirish, ma’naviyatimizni tiklash, o‘zligimizni anglashga va yosh avlodni vatanparvarlik va xalqparvarlik ruhida tarbiyalashga qo‘shgan kata hissasi uchun quyidagilarga “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni berilib, oliy nishon – “Oltin yulduz” medali topshirilsin:

Turdiyev Sodiqjon – Asaka tumani “Asaka jilosi” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Andijon viloyati

Kamilov Xalidjan Muxamadjanovich – Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining oftalmologiya kafedrasi professori, Toshkent shahri

Shaimov Mirzaxmat Ismatovich – “Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati bosh muhandisi, Sirdaryo viloyati

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov

Toshkent shahri, 2012-yil 23 avgust

 


                o`zb   рус   eng
Bugun: 19.09.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati