Futbol bo‘yicha O‘zbekiston nogironlar terma jamoasi a’zolarining bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida
17.10.2012

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI

Futbol bo‘yicha nogiron-amputantlar o‘rtasida Rossiya Federatsiyasida o‘tkazilgan 2012-yilgi jahon chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, xalqaro musobaqalarda yurtimiz sha’nini munosib himoya qilishda jasorat va matonat namunasini ko‘rsatgani uchun quyidagilar mukofotlansin:

“Do‘stlik” ordeni bilan

Umarxadjayev Mavzurxodja – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston nogironlar terma jamoasi murabbiyi

“Jasorat” medali bilan

Tursunov Nuritdin Djurayevich – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston nogironlar terma jamoasi a’zosi

Xasanov Xakimjon Narxujayevich – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston nogironlar terma jamoasi a’zosi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov

Toshkent shahri, 2012-yil 17 oktabr


                o`zb   рус   eng
Bugun: 19.09.2019
Qidirish
© 2008 - 2019 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati